Xabarlar

Sovet Ittifoqi Qahramoni Yo‘ldoshev Fayzulla

28-04-2021 12:24   765

Fayzulla Yo‘ldoshev 1912 yil 15 sentyabrida Turkiston shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan.Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy.

Samarqanddagi pedagogika bilim yurtini bitirib, o‘qituvchi va maktab direktori vazifalarida ishladi.

1942 yil iyun oyida Qurolli kuchlar safiga chaqirildi. 1-Ukraina frontining 38-armiyasi tarkibidagi 180-o‘qchi diviziyaga qarashli polkda bo‘linma komandiri bo‘ldi. 1943 yilning 27 sentyabrida katta serjant F.Yo‘ldoshev Novo-Petrov qishlog‘ida (Kiyevning shimolida) desantchilar guruhida Dneprdan kechib o‘tgan. Bir necha marta razvedkada bo‘lib dushman kuchlari to‘g‘risida qimmatli va muhim ma'lumotlar olishga erishgan.

Jang maydonlarida ko‘rsatgan jasurligi yuksak taqdirlanib, unga sobiq SSSR Oliy Soveti Prezidumining 1943 yil 29 oktyabrdagi farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

Urushdan keyingi yillarda Namangan tumanida yashagan va o‘rta maktab direktori vazifasida ishlagan. Lenin birinchi darajali Vatan urushi, Qizil yulduz ordenlari va qator jangovar medallar bilan mukofotlangan.


manba: Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov

27-04-2021 15:09   742

Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov 1922 yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Urush boshlanganda 19 yoshli Obloqul Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetining 3-kursini tamomlab, to‘rtinchi kursga o‘tgan edi. 1941 yili u armiya safiga chaqiriladi. 1943 yil avgustidan boshlab esa harakatdagi jangovar armiya tarkibida xizmat qiladi. 1940 yili partiya a'zoligiga qabul qilingan edi. Savodli, yosh jangchilarga ma'naviy mafkuraviy ustoz darajasidagi yosh Obloqul Uzoqov 62-gvardiya kavaleriya polkining 1-eskadroni komandiri bo‘ldi. U 61-armiya 7-gvardiyachi kavaleriya korpusining 16-gvardiyachi kavaleriya diviziyasi safida Markaziy frontda jang qiladi. Gvardiya serjanti Obloqul Uzoqov Chernigov yerida Dnepr daryosidan o‘tishda jasorat ko‘rsatadi. 1943 yil 19 sentyabr kuni Ukrainaning Chernigov viloyatidagi Klochkov qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda nemislarning avtomatchilari Obloqul Uzoqov boshliq 1-eskadron jangchilari harakatini to‘xtatib qo‘yadi. Shu qishloqdagi “1 May” sovxozi uchun bo‘lgan bu jangda jasur jangchi Obloqul Uzoqov fashistlar tinmay otayotgan pulemyotga orqa tomondan yashirinib kelib, bir nechta granata otadi. Jangchilarimizni qirib turgan dushman pulemyotining “ovozi o‘chiriladi”. Shu kunning o‘zida Chernish qishlog‘idagi ko‘cha janglarida kavalerist jangchi yana bir jasorat ko‘rsatadi. U bostirib kelayotgan nemis askarlarini yaqin kelishga yo‘l qo‘yib, keyin bir yo‘la  35 nafar fashist avtomatchisini yer tishlatadi.

Jasorat ketidan jasorat namunalari davom etar edi. 1943 yil 28 sentyabr kuni kechasi serjant Obloqul Uzoqov Dnepr daryosidan o‘tib, 1-eskadron jangchilarini daryodan o‘tishga yo‘l qo‘ymayotgan dushman pulemyotini “tinchitadi”.  SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun gvardiya serjanti Obloqul O‘rozboyevich Uzoqov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlanadi. Urushdan keyin Obloqul Uzoqov kolxoz raisi lavozimida, partiya-xo‘jalik ishlarida xizmat qildi. Farg‘ona viloyati Dang‘ara posyolkasidagi ko‘chalardan biriga Sovet Ittifoqi Qahramoni Obloqul Uzoqov nomi berilgan. Qahramonimiz uzoq umr ko‘rmadi, u 1955 yil 26 iyulda 33 yoshida vafot etdi. Qoratepa qishlog‘ida dafn etilga


manba: Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Elboy Qorabayev

26-04-2021 14:27   839

Elboy Qorabayev 1917 yil 15 mayda Samarqand viloyati Ishtixon tumanining Bahrin qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ulgan.

 E.Qoraboyev 1941 yil iyul oyida qizil armiyaga chaqirilgan.  1942 yildan     722 o‘qchi o‘qchi polkida avtomatchilar 206-o‘qchi dviziyasi  qo‘mondoni bo‘lgan.  1943 yil 25 sentyabrda Pekari qishlog‘ida (Cherkasskoy viloyati Kanevskiy tuman)   birinchilardan bo‘lib Dnepr daryosi va plumyot olovni kesib daryo o‘zanidan kesib o‘tilgan,  1943 yil 7 oktyabrda jangda huddi shu tumannig Studentskiy qishlog‘ida qimmatbaxo hujjatlarni olib, tashkilotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan dushman pulyomotini yuq qilgan.

Navbatdagi qizg‘in jang Kiyev busaqasidagi stansiyada buldi, jang vaqtida rota kamandiri safdan chiqdi, hujumga o‘tish buyrug‘i berilganda Qoraboyev o‘rnidan turib rota jangchilarini olg‘a boshladi. Stansiya egallandi. Qumondonlik Qoraboyevning xizmatiga yuksak baxo berdi. Serjant Qoraboyev Qizil yulduz ordeni bilan mukofatlandi.

Dnepr daryosini birinchilar qatorida kechib o‘tkanligi, dushman joylashgan tepalikka xujum qilishda jasurlik kursatganligi uchun serjant Elboy Qoraboyevga SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 3 iyundagi Farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qaxramoni yuksak unvoni berildi.

Urushdan keyin serjant Elboy Qoraboyev o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Ishtixon tumanining V.V.Kuyibeshev kolxozida 1948-1961 yillar kolxoz raisi bo‘lib ishladi. Sovet Ittifoqi Qaxramoni Elboy Qoraboyev 1989 yil 22 avgustda  72 yoshida vafot etdi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev

26-04-2021 13:48   778

Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev 1918 yil Samarqand viloyati Nurobot tumanining  Boshquduq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. U oilada yolg‘iz farzand bo‘lsada, og‘ir-bosiq, xushmuomila, o‘ychan kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lib ulg‘aydi. Maktabni tugatib Isroil Mirzayev kolxozga ishga kiradi.

       1939 yilda Isroil Mirzayev harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy tayyorgarlikni o‘rganayotgan vaqtida kutilmaganda Finlandiya urushi boshlanganligi sababli Isroil Mirzayev xizmatdosh do‘stilari qatori jang maydoniga safarbar qilinadi. 1940 yilda urush tugaganligi sababli askarlar qatori xizmat joyiga qaytariladi. 1941-yilda xarbiy xizmatni tugatib qishlog‘iga qaytmoqchi bo‘lib turganida Isroil Mirzayevning taqdiridagi ikkinchi urush Ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev pulemyotchi qism jangchilari safida Moskva, Stalingrad, Sevastopol, Odessa, Qrim, Don, Volga qal'asi ozodligi uchun jang qilib Berlin ostonasigacha dushmanni tor-mor etishda qatnashadi. Isroil Mirzayev jang maydonida partiya safiga qabul qilinadi va osoyishta kunlar uchun fashistlar ustidan g‘alaba qozonishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Isroil Mirzayev 1946 yilda hayotidagi uchinchi urush Yaponiya urushida qatnashib nihoyat barcha mashaqqatlarni sabr-bardosh bilan yengib, nihoyat yetti yildan so‘ng o‘zining Vataniga qaytadi.

          Isroil Mirzayev Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklari sababli uchala darajadagi “Shuxrat” ordeni, “Qizil yulduz” ordeni, uchta “Jasurligi uchun” medali, Ikkinchi jahon urushi g‘alabasining 20, 40, 50, 60 yillik yubiley medallari, “Germaniya ozodligi uchun”, “Varshava ozodligi uchun”, “Belorussiya fronti” va “Jasorat” medallariga sazovor bo‘lgan.

         Urushdan qaytgan Isroil Mirzayev kolxozga ishga kirib, jon-jaxdi bilan ishga sho‘ng‘ib ketadi. Isroil Mirzayev ish faoliyati davomida oddiy paxta brigadirligidan, kolxoz raisi o‘rinbosari, rais, favqulotda vaziyatlar boshlig‘i, xo‘jalik partiya qo‘mitasi kotibi kabi rahbarlik lavozimlarida mehnat qiladi.

          Isroil Mirzayev mehnatsevarligi sababli nafaqaga chiqqandan keyin ham yo‘l qurilish, maktab, tibbiyot muassasalarini  quradi. Boshquduq qishlog‘ida xotira xiyoboni tashkil etadi, shaharlararo avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Shu sababli  Boshquduq qishlog‘idagilar Isroil Mirzayev bilan faxirlanib, uni “o‘zimizning” “geroy bobo” deb faxirlanishadi.

Ushbu ma'lumot Pastdarg‘om tuman davlat arxivining Nurobod filiali taqdim etgan materillar asosida tayyorlandi.


manba:Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Samarqand viloyat davlat arxivining 100 yilligi munosabati bilan maqola

22-04-2021 08:34   756

Ovozi Samarqand gazetasining 2021-yil 17-aprel 31(3052)-sonida “Mahfuzgohi Ma'lumoti Seasra” mavzusida viloyat davlat arxivi direktori Sh.Mavlonovning maqolasi chop etildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Samarqand viloyat davlat arxivining 100 yilligi munosabati bilan

22-04-2021 08:28   731

Zarafshon gazetasining 2021-yil 20-aprel 46(23.482)-sonida Ular bizni 100 yildan buyon “HUJJATLASHTIRISHADI” mavzusida viloyat davlat arxivi direktori Sh.Mavlonovning maqolasi chop etildi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


“O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI ULUG‘BEK MIRTOLIBOVICH YUSUPOVNING SAMARQAND VILOYAT DAVLAT ARXIVI TASHKIL TOPISHINING 100 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

21-04-2021 07:30   721

Arxivlar – davlatning tarixini o‘zida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot anbaidir, shu sabab “Arxivlar –tarix ko‘zgusi” deya e'tirof etiladi. Tariximizni o‘rganmay, bilmay turib, yangichasiga yashashni, hayot tarzimizni o‘zgartirishimizni, zamonga, buyuk ajdodlarimizga mos avlodni tarbiyalashimizni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham Arxivlarga e'tibor yildan yilga ortib bormoqda. Davlatimiz tomonidan arxivlarga azaldan, har bir davrda o‘ziga yarasha, imkoniyat doirasida g‘amxo‘rlik qilib kelingan. Maxsus binolar ajratilgan, ish sharoiti yaratib berilgan. Arxiv hujjatlarini asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilingan. Ayniqsa so‘nggi yillarda e'tibor juda o‘zgardi. Arxivlarga yangi binolar qurib berilmoqda, mutaxassislar bilan mustahkamlanib bormoqda. Arxivlarda hujjatlarni saqlashni, foydalanishni yangi usullari, jumladan raqamli texnologiyalarni qo‘llash uchun amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatida o‘tgan davr mobaynida arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi, Milliy arxiv fondi O‘zbekiston xalqining moddiy va ma'naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi. Samarqand viloyat davlat arxivi 1921 yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib joriy yilning aprel oyida tashkil etilganligiga 100 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana barchamizga muborak bo‘lsin! Bugungi kunda viloyat davlat arxivida O‘zbekiston xalqining moddiy va ma'naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarini sifatli saqlovini ta'minlashda Samarqandlik fidoyi arxivchilarning hissasi katta albatta. Shu davrgacha viloyat davlat arxivida 13 ta rahbar faoliyat ko‘rsatgan va ulardan biri “Soha iftixori” Abduvali Mamanazarov bugan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i sifatida sohaga xizmat qilishni davom ettirmoqda. Aziz hamkasblar! Biz o‘z oldimizga xalqimizni har tomonlama rozi qilishdek, fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati bois saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlarini kelajak uchun asrashdek ulug‘ vazifani qo‘ygan ekanmiz, bu maqsadga erishish yo‘lida arxiv ishi va ish yuritish tizimini jadal rivojlantirishga ahamiyat qaratmog‘imiz zarur. Va bu ishlarni biz avvalo Siz hamkasblarimiz bilan yelkama-elka amalga oshiramiz. Bugungi tarixiy sanada Siz aziz hamkasblarimiz bilan bir safda mehnat qilayotganligimizdan faxrlanamiz albatta. Sizlarni Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil topishining qutlug‘ 100 yilligi munosabati bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz hamkasblar!


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi “Samarqand viloyat davlat arxivi 100 yoshi” munosabat bilan viloyat hokimining tabrigi

20-04-2021 17:08   813

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi “Samarqand viloyat davlat arxivi 100 yoshda”

Joriy yilning 20-aprel kuni Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil etilganligiga 100 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Samarqand viloyat davlat arxivinig o‘z kasbini fidoiy, jonkuyar xodimlarini viloyat davlat arxivining 100 yoshi bilan samimiy tabrikladi. Tabriknomani viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.R.Urakov viloyat hokimi nomidan rasman topshirdi.


Manba:Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.


“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevich Samarqand tuman davlat arxivida bo‘ldi

20-04-2021 16:22   765


“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev davlat arxivining hujjatlarni saqlanish holati, va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayoni bilan tanishib, tegishli tushinchalar va tavsiyalar berdi.

Malumot uchun: Samarqand tuman  davlat arxivi, Samarqand viloyat ijroya komitetining 1962 yil 17 iyuldagi 15/370 sonli qarori va Samarqand  rayon  ijroiya komitetining 1962 yil 6 avgustdagi  204-a sonli qaror asosida Samarqand tumanlararo arxivi nomi ostida tashkil topgan.Bugungi kunda tuman davlat arxivi Urgut, Tayloq va Samarqand tumanlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga hamda tashkilot, korxona va muassasalarga arxiv xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Tuman davlat arxivida  1919-2018 yillarni hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda 895 fondda mavjud bo‘lib 122892 ming saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Doimiy saqlanadigan xujjatlar   soni  98864 saqlov birligi,  Shaxsiy tarkib xujjatlari soni 24028 saqlov birligini tashkil etadi.  Samarqand tuman davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlardan hozirgi kunga qadar 15112 saqlov birligidagi hujjatlar ko‘rib chiqilib, 2255 saqlov birligidagi hujjatlardan 25087 ta alohida qimmatli hujjatlar aniqlanib, raqamlashtirilgan.


Manba:Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 



Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Samarqand viloyat davlat arxivi 100 yoshda

20-04-2021 15:36   806



Joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil etilganligiga 100 yil to‘lganligi  munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev Samarqand davlat universiteti tarix fanlari doktor professori B.Ergashiyev,Samarqand shahar jomiy masjidi imom xatibi Boyqobilov Xabibulla xoji idoraviy arxivlar xodimlari, arxiv direktorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi “Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil topganligining 100 yilligi” munosabati bilan hamda arxiv sohasida ko‘p yillik samarali mehnati arxiv ishi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov tomonidan jami 31 arxivchi xodimlar tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.