Xabarlar

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida arxiv mutaxassislari uchun tashkilot va korxonalarning hujjatlarini tartibga keltirish mavsusida qisqa muddatli (uch kunlik) malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda

19-05-2021 13:39   675

Joriy yilning 22-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig‘ilishi 3-son bayoni 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida arxiv mutaxassislari uchun tashkilot va korxonalarning hujjatlarini tartibga keltirish mavsusida qisqa muddatli (uch kunlik) malaka oshirish kurslari tashkil etilib Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda bir qator malakali xodimlar tomonidan Karantin qoidalariga rioya etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Malaka oshirish kurslari 20-maygacha davom etadi.


Inson-aziz Xotira muqaddas

10-05-2021 12:46   771

9-may "Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar davlat arxivi direktori G'aniyev Jasurbek izzatilloyevich Chinobod mahalla fuqarolar yig'ini raisi Razzoqov Rustam Abdullayevich bilan birgalikda Chinobod mahalla fuqarolar yig'ini Ko'xnadam ko'chasi 7-uyda yashovchi 1930 yilda tug'ilgan Aralov Sharif boboni Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan xolidan xabar olib bayram bilan tabriklab, Sharif boboni duolarini olishdi.



Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan Xotira va qadirlash kuni hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etamiz.

09-05-2021 15:32   695

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan Xotira va qadirlash kuni hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etamiz.                                                                                                                                                                                     

 Hurmat bilan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i A.Mamanazarov


Ikkinchi jahon urush qatnashchisi Ergashev Niyozxon

07-05-2021 13:36   773

Ergashev Niyozxon 1922  yil 10 fevralda Samarqand viloyati Ishtixon tumanining Shayxlar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ulgan. Otasi Musayev Ergash.

 Ergashev Niyozxon 1943 yil iyun oyida armiyaga chaqirilgan.  1943 yil 1 may kuni xarbiy prisyaga qabul qilib iyun va avgust oylari 382 o‘qchi polkida o‘qchi (strelok) bo‘lgan. Janglarning birida 1943 yil og‘ir yaralanib harbiy gospitalga tushgan va 1944 yilni 12 yanvarigacha davolangan va harbiy xizmatga yaroqsizligi sababli urush ortiga qaytarilgan. Shundan keyin front ortida xizmat qilib 1983 yilgacha kalxozda traktorchi bo‘lib ishlagan. Ushbu ishlagan davrida bir necha bor UzSSR Oliy Soveti Prezidiumi faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Oila qurgan va 7 o‘g‘il va ikki qizni vatanga xizmat qiladigan oliy ma'lumotli farzandlar qilib tarbiyalagan.

Ergashev Niyozxon urushdan keyin o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Ishtixon tumanining Shayxlar qishlog‘ida 2015 yil 2 yanvarda 93 yoshida vafot etgan.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Mkrichan Izabella Grigoryevna va Solovyeva Natashlarni Samarqand shahridagi “8 mart fabrikasi”ga yozgan xatlari.1943 yil

05-05-2021 12:11   728

UZ: Mkrichan Izabella Grigoryevna va Solovyeva Natashlarni Samarqand shahridagi “8 mart fabrikasi”ga yozgan xatlari.1943 yil
Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivining 776 chi “Kolleksiya dokumentov Velikoy Otechestvennoy voyni” fondda saqlanmoqda.

RU: Pisma Mkrichan Izabella Grigoryevna i Solovyevoy Natashi na Samarkandskuyu fabriku im 8 marta.1943 god.
Etot dokument xranitsya v Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive v fonde №776 Kolleksii dokumentov Velikoy Otechestvennoy voyni.


frontdan xatlar

05-05-2021 12:06   758

UZ: Muminov Burxon frontdan xatlar
Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivining 776-“Kolleksiya dokumentov Velikoy Otechestvennoy voyni” fondida saqlanmoqda.
RU: Pisma s fronta Muminovu Burxonu.
Etot dokument xranitsya v Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive v fonde №776 Kolleksii dokumentov Velikoy Otechestvennoy voyni.


Qo‘shrabot tuman davlat arxivida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov sayyor qabuli rejalashtirildi

05-05-2021 09:50   678

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 12-may kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Qo‘shrabot tumani davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, G‘.G‘ulom ko‘chasi 3-uy
Murojaat uchun tel: +998 (66) 646 12 19


2021-yil I-chorak davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan (masofaviy, “Zoom” ilovasi orqali) Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirildi.

04-05-2021 07:52   751

E'lon, Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan boshqarmaning  2021-yil I- yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish ish rejasiga asosan joriy yil  6-may kuni 2021-yil I-chorak davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan (masofaviy, “Zoom” ilovasi orqali) Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirildi.


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Canayev G‘ulom

03-05-2021 09:45   815

Sanayev G‘ulom 1923 yilda Samarqand viloyati Qoradaryo (hozirgi Kattaqurg‘on) tumanining Yuldosh Oxunboboyev jamoa xujaligida, Qushtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan.

1942 yil may oyida ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun xarbiy xizmatga safarbar etilgan.

1942 yil iyul oyidan dastlab Volxov frontida 172 - raqamli  gaubitsa arteleriya polki tarkibida Leningrad shahrining mudofasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan.

1 – chi Boltiqbuyi frontida 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Boltiqbuyi Respublikalarini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda olib borilgan janglarda qatnashgan.

1943 yilda gvardiya serjanti harbiy unvoni berilgan va arteleriya orudiya komandiri etib tayinlangan.

1 - chi Bellorussiya frontida 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahrini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda olib borilgan janglarda ishtirok etgan.

 1944 – 45 yillarda 10 gvardiya arteleriya brigadasi tarkibida Germaniya hududini nemis – fashist bosqinchilaridan ozod etishda va Berlin shahrini zabt etishda olib borilgan janglarda mardonovor ishtirok etgan.

1947 yil fevral oyida armiya safidan demobilizatsiya qilingan va ikkinchi jahon urushida mardonovor ishtiroki uchun quyidagi davlat mukofotlari :

1)   “Jasoat” medali;

2)   “Leningrad mudofasi uchun” medali;

3)   “Kenigsbergni ozod etilganligi uchun” medali;

4)   “Berlinni ozod etilganligi uchun” medali

5)   “1941 – 45 yillarda Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan. 

Urushdan qaytgandan keyin bir muddat Y. Oxunboboyev nomli kolxozda mehnat qilgan, lekin urush vaktida olgan jaroxatlari sabab ko‘p vaqt kasal bo‘lib yotgan.  1981 yil 5 noyabrda vafot etgan va Kattaqo‘rg‘on tumanining Muminxuja kishlogida dafn etilgan. 


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmadjon Qurbonov

29-04-2021 12:11   840

Ahmadjon Qurbonov 1921 yil Samarqand viloyati Jomboy tumanining Xo‘ja qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ulgan.

 Millati o‘zbek ma'lumoti o‘rta maxsus.

Dushanbe o‘qituvchilar tayyorlash kursini bitirib Kulob viloyatining Aral qishlog‘ida tarix o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1940 yildan Qurolli Kuchlar safida Tambov piyoda askarlar harbiy maktabini bitirgach 44-gvardiyachi Barnovichi o‘qchi diviziyasi 128-gvardiyachi polkning 1-batal'oni qumondoni bo‘lgan.

1944 yil sentyabr oyi boshlarida Narev daryosi bo‘yidagi janglarda katta jasorat ko‘rsatdi. Gvardiyachi mayor A.Qurbonov boshqargan batalon jangchilari dushmanga qarshi mardlarcha kurashdilar. Ular dushmanning 6 tankini 4 bronetransportyorini 13 pulemyotini 200 dan ko‘p askar va zobitini yo‘q qildilar. A.Qurbonov 1945 yilning 6 fevralida Pol'shani fashistlardan ozod etish uchun olib borilgan janglarda qahramonlarcha halok bo‘lgan. Uning jasadi Graudenets uezdi Shenay qishlog‘idagi o‘rtoqlik qabristonida dafin etilgan. Sobiq SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 24 mart farmoni bilan Qurbonov Ahmadjonga (o‘limidan keyin) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

O‘zi to‘g‘ilib o‘sgan davlat xo‘jaligi 2 o‘rta maktab Jomboydagi markaziy ko‘chalardan biri o‘quvchilar oromgohi qahramonning nomi bilan ataladi.Davlat xo‘jaligida uning nimhaykali va o‘zi ta'lim olgan maktabda yodgorlik lavha o‘rnatilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘zatib boring. Kanalimizga a'zo bo‘ling

http://xotira.archive.uz/
https://archive.uz/
https://www.facebook.com/uzarxiv
O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs
http://samarchive.uz/
https://www.facebook.com/samarchive
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive