SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevich Samarqand tuman davlat arxivida bo‘ldi


“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev davlat arxivining hujjatlarni saqlanish holati, va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayoni bilan tanishib, tegishli tushinchalar va tavsiyalar berdi.

Malumot uchun: Samarqand tuman  davlat arxivi, Samarqand viloyat ijroya komitetining 1962 yil 17 iyuldagi 15/370 sonli qarori va Samarqand  rayon  ijroiya komitetining 1962 yil 6 avgustdagi  204-a sonli qaror asosida Samarqand tumanlararo arxivi nomi ostida tashkil topgan.Bugungi kunda tuman davlat arxivi Urgut, Tayloq va Samarqand tumanlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga hamda tashkilot, korxona va muassasalarga arxiv xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Tuman davlat arxivida  1919-2018 yillarni hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda 895 fondda mavjud bo‘lib 122892 ming saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Doimiy saqlanadigan xujjatlar   soni  98864 saqlov birligi,  Shaxsiy tarkib xujjatlari soni 24028 saqlov birligini tashkil etadi.  Samarqand tuman davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlardan hozirgi kunga qadar 15112 saqlov birligidagi hujjatlar ko‘rib chiqilib, 2255 saqlov birligidagi hujjatlardan 25087 ta alohida qimmatli hujjatlar aniqlanib, raqamlashtirilgan.


Manba:Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 




Oxirgi o‘zgarish: 20/04/2021 16:22;   Ko‘rilganligi: 917
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-direktori-orinbosari-isaev-xusan-nurullaevich-samarqand-tuman-davlat-arxivida-boldi
Chop etilgan vaqti: 22/12/2024 08:54