Xabarlar

"9-iyun xalqaro arxivlar kuni"

09-06-2021 14:22   791

“9-iyun xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha  arxiv sohasida faoliyat olib borayotgan jonkuyar mehnatkash o‘z kasbining  fidoyisi bo‘lgan arxivchi mutaxassis xodimlarni Samarqand viloyati arxiv  ishi hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.


Pastdarg‘om tuman davlat arxivining tashkil etilish tarixi

08-06-2021 13:16   725

Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Samarqand viloyati hokimining 2000 yil 22-avgustdagi 201-sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 30 avgust 224/8-sonli qarori bilan Samarqand viloyat davlat arxivining Pastdarg‘om tuman filiali ochilgan va 2012 yil 6-iyundagi Samarqand viloyat xokimining 119-K sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 2012 yil 12-iyun 1004-k sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati davlat arxivining Pastdarg‘om filiali, Pastdarg‘om tuman Davlat arxiviga aylantirilgan.

                                                                         2021-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


                                             2010-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


                                                       2010-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


2010 yilda Pastdarg‘om tuman Xarbiy bo‘limining eski binosi   1929 yil qo‘rilgan manan yaroqsiz xolatdagi bino faoliyat olib borgan hujjatlarni saqlash javonlari esa arxiv xujjatlarini saqlashga moslashmagan har xil yog‘och javonlar va 3 dona kompyuter bo‘lgan. 2019 yil Pastdarg‘om tuman xokimligining maxalliy byudjet mablag‘i hisobidan 1 milyarddan ortiq mablag hisobiga 150 ming saqlov birligida xujjatlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 2-qavatli zamonaviy barcha qulayliklarga ega arxiv binosi qurib va hozirgi zamon talabidagi arxiv hujjatlarini saklash uchun mobel javon bilan jixozlandi.

                                                      2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi yangi binosining ichki ko‘rinishi


                                          2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi hujjatlar saqlov xonasi


                                                              2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi hujjatlar saqlov xonasi


 Bugungi kunda Pastdarg‘om tuman davlat arxivida 1926-2016 yillardagi davrni o‘z ichiga olgan jami 393 ta fond 100 ming saqlov birligidan ortik hujjatlar saqlanib kelinmoqda, shuningdek eng e'tiborlisi 2002 yillarda arxivimizda shtat birligi 6 ta bo‘lgan bulsa, hozirgi kunga kelib 11 ta shtat birligiga ko‘payishiga erishildi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali

 https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Samarqand viloyat davlat arxivining tashkil etilish tarixi

08-06-2021 13:00   788

Samarqand viloyat davlat arxivi tarixi hamda uning faoliyati, unda saqlanayotgan uch asrlik tarixni eslatuvchi hujjatlar arxivning qadimiyligini eslatib turadi. Viloyat davlat arxivi 1921 yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib joriy yilning aprel oyida tashkil etilganligiga 100 yil to‘ldi.

                  1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


Shu bilan birga viloyat davlat arxivi o‘z faoliyatini 1921 yil aprel oyidan boshladi. Viloyat davlat arxivi dastlabgi vaqtda xalq maorifi komissariyati tarkibida bo‘lgan. Respublika Markaziy Ijroiya qumitasining 1922 yil 14 maydagi 47-sonli qarori bilan Markaziy arxiv boshqarmasi va viloyat davlat arxivi Xalq maorifi komissariyati tizimidan ajratildi.

1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


924 yilda viloyat davlat arxivi byurosi, 1927 yilda esa Samarqand okrugi ishchi, dehqon va askarlar Soveti ijroiya komiteti qoshidagi arxiv byurosi deb atala boshlandi. 1931 yil 30 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy arxiv boshqarmasining Samarqand bo‘limi 1938 yil 18 noyabrdan Samarqand viloyat arxiv boshqarmasi. 1940 yil 22 maydan Xalq komissarlari Ichki ishlar bo‘limi, 1944 yil Samarqand shahar davlat arxivi tashkil etildi. 1961 yil arxivlar ichki ishlar vazirligi tizimidan mehnatkashlar deputatlari viloyat kengashi ijroiya qumitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

                                1963-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


1962 yil 17 iyulda viloyatning Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Samarqand tumanlarida tumanlararo davlat arxivlari tashkil etilgan. 1962 yilda arxiv bo‘limi va Samarqand shahar davlat arxivi tugatilib, viloyat davlat arxiviga birlashtirildi. 1965 yil 25 martda Xalq deputatlari viloyat Kengashi ijroiya qumitasining arxiv bo‘limi tashkil etildi.  So‘ngi yillarda viloyat davlat arxivining fondlari fan, ta'lim, madaniyat sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga oid hujjatlar hamda tarixiy-madaniy yodgorliklarni aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilib borilmoqda.

                                         2021-yil viloyat davlat arxivi xodimlarning ish jarayonidan


Hozirgi vaqtda viloyat davlat arxivida o‘ttizdan ziyod hodimlar faoliyat olib bormoqda, hodimlarning aksariyati ko‘p yillik tajribaga ega hodimlar hisoblanadi. Bugungi kunda viloyat davlat arxivida jami 589 672 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda, bundan tashqari 84000 saqlov birligidag gazeta va jurnallar, 26200 saqlov birligidagi fotosuratlar, 183 826 saqlov birligidagi kitob albomlar saqlanib kelinmoqda. 

                                                                                   2021-yil viloyat davlat arxivi hujjatlarning saqlov xonasi


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Bulung‘ur tumani davlat arxivida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov sayyor qabuli rejalashtirildji

08-06-2021 08:04   773

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 10-iyun kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Bulung‘ur tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A..Mamanazarov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil: Bulung‘ur tumani “Oqtepa” mahallasi Oqtepa qishlog‘i
Murojaat uchun tel: +99897 928 47 49


#arxivlar_kuni

07-06-2021 13:25   726

1963-yil Samarqand viloyat davlat arxivi hujjatlar saqlovxonasi ish jarayonidan  Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.


Samarqand shahar Registon maydoni 1900 yil ko‘cha nayrangbozlari. Polyakov shaxsiy fondidan.

27-05-2021 10:26   669

UZ: Samarqand shahar Registon maydoni 1900 yil ko‘cha nayrangbozlari. Polyakov shaxsiy fondidan.

Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

RU: Ploshad Registan goroda Samarkanda. Ulichnie shuti. 1900 god. Iz lichnogo fonda Polyakova.

Danniy dokument xranitsya v Gosudarstvennom arxive Samarkandskoy oblasti.


SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV URGUT TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

26-05-2021 11:04   652

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV URGUT TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

Joriy yilning 26-may kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Pastdarg‘om tumani davlat arxivining Urgut tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Yosh arxivchilar forumi-2021

26-05-2021 10:09   757


Urgut tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov sayyor qabuli rejalashtirildi.

21-05-2021 12:25   658

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 26-may kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Urgut tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: Samarqand viloyati,Urgut tumani, Urgut shahri, Temirchilar ko‘chasi 61-uy
Murojaat uchun tel: +998 (66) 483 17 59


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha "Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turniri" bo‘lib o‘tdi.

20-05-2021 16:56   714

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 12-son buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida sportning Shaxmat turi bo‘yicha "Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnir" o‘tkazildi.

Turnirda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi barcha davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlaridan jami 16 ta ishtirokchilar musobaqalashdi.

qizg‘in bo‘lib o‘tgan Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnirida

3-o‘rin 3-darajali diplom bilan Samarqand tuman davlat arxivi arxivchisi Norov Olimjon Orifjonzoda taqdirlandi

2-o‘rin 2-darajali diplom bilan Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi arxivchisi Ibragimov Yaxshiboy Muminovich taqdirlandi

1-o‘rin 1-darajali diplom bilan Narpay tuman davlat arxivi fond saqlovchisi Xaitov Muxtor Otaqulovich taqdirlanib Arxiv ishi hududiy boshqarmasi turnirining mutloq g‘olibiga aylandi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive