SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Milliy bayramlar

O‘zbekiston Respublikasi milliy bayramlari

1 yanvar - Yangi yil

Yangi yilning birinchi kuni hisoblanadi. Yangi yil bayrami dunyodagi barcha mamlakatlarda yilning turli vaqtlarda keng nishonlanadi. Yangi yilning ramzi Qorbobo va Qorqiz hamda yasatilgan archa hisoblanadi. Soatlar millari ana'anaviy tarzda 12 soatni urgan vaqtda, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechaning Yangi yil kirib keladi. Shu vaqtda odamlar bezatilgan dasturxon atrofida ushbu bayramni o‘z yaqinlari bilan keng nishonlaydilar. Shuningdek turli sovg‘alar bilan bir-birlarini xushnud etadilar.


14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Mustaqil O‘zbekistonda ushbu bayram o‘z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag‘ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o‘quv yurtlar va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiya qaramog‘iga o‘tishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.


8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

Xalqaro xotin-qizlar kuni - go‘zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Shuningdek, 8 Mart kuni "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehrbonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor va Ayol tushunchalar qanchalik bir-birini bog`lab turishiga yana amin bo‘lmoqdamiz va buni chuqur anglamoqdamiz. Tabiat ayollar bayrami bahorning birinchi kunlariga kelib tushishi xuddi ayollar go‘zalligini nafis gullar bilan taqqoslagaligi ham bekor emas. Ushbu bayramda erkaklar o‘z onalariga, turmush o‘rtoqlariga va qizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovg‘alarni beradilar.


21 Mart - Navro‘z

Navro‘z qadimiy milliy bayrami ("Navro‘z bayrami") fors tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi. Navro‘z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Yer butunjahon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo‘yicha yil fasllari o‘zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa - bahor. Ushbu bayram barcha o‘simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko‘pgina o‘zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Halim, Ko‘k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo‘lgan ko‘p vitaminlarga boydir. Mamlakatimiz mustaqillikkaerishgandan so‘ng xalqimizning qadimiy urf-odatlari va an'analari kuchga kirdi, jumladan Navro‘z bayramini nishonlash o‘zga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramidir.


9 may - Xotira va qadrlash kuni

1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qaxramonona o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'nogaegadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilganerkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shodetibeslash ham farz ham qarzdur. Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.


1 sentyabr - Mustaqillik kuni

O‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Ushbu milliy bayram do‘stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan xalqimizing barcha orzularini namoyonetadigan bayramdir. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O‘zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar. San'at vakillari shaharning istirohat bog‘larida va maydonlarida turli shoularni namoishetadilar. Ko‘pgina xorijiy mehmonlar va turistlaresda qoladigan ana'naviy namoyishlarda ishtiroketadilar.


1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni

Har yili 1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur xurmat va e'tiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so‘zlar o‘z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo‘lgan hurmat munosabati va Vatanga bo‘lgan mehriga ega bo‘lgan o‘quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar. Maktab va o‘quv muassasalarning o‘quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o‘quvchilar minnatdorchilik bilan gullar va sovg‘alar bilan xayot yo‘lida mashaqqatli mehnat uchun chin yurakdan tabriklaydilar


8 dekabr - Konstitusiya kuni

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo‘limdan, 26 bobdan va 128 ta moddadan iborat. Ushbu bayran butun O‘zbekistonda keng nishonlanadi.


Ramazon oyidan so‘ng nishonlanadigan Iyd al Fitr (Ramazon Hayiti) va Hajdan so‘ng nishonlanadigan Iyd al Adxa (Qurbon Hayiti) bayramlari ham milliy bayramlar hisoblanadi, biroq ushbu bayramlar nishonlanadigan kunlar Hijriy kalendarga muvofiq har yili o‘zgarib turadi.


Kiritilgan vaqti: 22/11/2017 13:07;   Ko‘rilganligi: 3402
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/reference/holidays
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 08:03