Xabarlar

“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev Pastdarg‘om tuman davlat arxivida bo‘ldi.

19-04-2021 16:44   813

“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev Pastdarg‘om tuman davlat arxivida bo‘ldi.

“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev davlat arxivining hujjatlarni saqlanish holati, va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayoni bilan tanishib, tegishli tushinchalar va tavsiyalar berdi.


Ma'lumot uchun: Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Samarqand viloyati xokimining 2000 yil 22-avgustdagi 201-sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 30 avgust 224/8-sonli qarori bilan Samarqand viloyat davlat arxivining Pastdarg‘om tuman filiali ochilgan va 2012 yil 6-iyundagi Samarqand viloyat xokimining 119-K sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 2012 yil 12-iyun 1004-k sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati davlat arxivining Pastdarg‘om filiali, Pastdarg‘om tuman Davlat arxiviga aylantirilgan. Bugungi kunda Pastdarg‘om tuman davlat arxivida 1926-2016 yillardagi davrni o‘z ichiga olgan jami 393 ta fond 100 ming saqlov birligidan ortik xujjatlar saqlanib kelinmoqda,
Xizmat safari davom etmoqda...

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Xizmat safari davomida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev arxivchi yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.

19-04-2021 16:39   770

Bugun Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida tashkil etilgan Ma'naviyat va Ma'rifat xonasida Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari yosh xodimlari bilan "O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Xusan Nurullayevich davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida yosh arxivchi xodimlarni muammo va takliflari tinglanib kerakli maslahatlar va tushinchalar berib o‘tildi.


Bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e'tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida tuxtalib, mamlakatimiz taraqqiyoti yulida yoshlarni o‘rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligi haqida gapirib yoshlarga katta ishonch bildirib, arxivchi yoshlarga kelgusi ishlarida ulkan muvoffaqiyatlar tiladi.



Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI X.ISAYEV Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

19-04-2021 16:33   722

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI X.ISAYEV Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Ma'lumot uchun: Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar ijroiya komitetining 1976 yil 13 yanvardagi № 1/7–sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi saqlovida 115 ta fond 42576 ta saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanib, shundan: 61 tasi xozirgi kunga kelib faoliyati tugatilgan tashkilot korxona va muassasalarning 25856 ta hamda 54 ta faoliyat ko‘rsatayotgan subektlarning 16720 ta shaxsiy tarkibga oid hujjatlari saqlanib kelinmoqda.



"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI ISAYEV XUSAN NURULLAYEVICH KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

19-04-2021 16:29   737

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI ISAYEV XUSAN NURULLAYEVICH KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 15 yanvardagi 08/1-2648-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurullayevich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi "Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil etilganligining 100 yilligi"

16-04-2021 15:35   1207

O‘tmish saboqlari, o‘tmish tajribalarini arxiv hujjatlari asosida o‘rganishning nafaqat nazariy balki dolzarb ahamiyati bor. Samarqand viloyat davlat arxivi tarixi hamda uning faoliyati, unda saqlanayotgan uch asrlik tarixni eslatuvchi hujjatlar arxivning qadimiyligini eslatib turadi. Viloyat davlat arxivi 1921 yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib joriy yilning aprel oyida tashkil etilganligiga 100 yil to‘ldi. 1919 yil yilning 5 noyabrida Respublika Markaziy Ijroiya Komiteti Turkistonda arxiv ishlarini tashkil etish va markazlashtirish to‘g‘risida qabul qilingan qarori asosida yagona arxiv boshqarmasi tashkil topdi. Respublika xalq komissarlari Sovetining 1921 yil 25 yanvardagi 16-sonli «Viloyat arxiv fondlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Joylarda mahalliy davlat arxivlari tashkil etila boshlandi. 


1968-yil Samarqand viloyat davlat arxivining ma'lumotnoma xonasi


Shu bilan birga viloyat davlat arxivi o‘z faoliyatini 1921 yil aprel oyidan boshladi. Viloyat davlat arxivi dastlabgi vaqtda xalq maorifi komissariyati tarkibida bo‘lgan. Respublika Markaziy Ijroiya qumitasining 1922 yil 14 maydagi 47-sonli qarori bilan Markaziy arxiv boshqarmasi va viloyat davlat arxivi Xalq maorifi komissariyati tizimidan ajratildi.


1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan




1924 yilda viloyat davlat arxivi byurosi, 1927 yilda esa Samarqand okrugi ishchi, dehqon va askarlar Soveti ijroiya komiteti qoshidagi arxiv byurosi deb atala boshlandi. 1931 yil 30 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy arxiv boshqarmasining Samarqand bo‘limi 1938 yil 18 noyabrdan Samarqand viloyat arxiv boshqarmasi. 1940 yil 22 maydan Xalq komissarlari Ichki ishlar bo‘limi, 1944 yil Samarqand shahar davlat arxivi tashkil etildi. 1961 yil arxivlar ichki ishlar vazirligi tizimidan mehnatkashlar deputatlari viloyat kengashi ijroiya qumitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.


1963-yil Samarqand viloyat davlat arxivi ma'lumotnoma xonasi


1962 yil 17 iyulda viloyatning Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Samarqand tumanlarida tumanlararo davlat arxivlari tashkil etilgan. 1962 yilda arxiv bo‘limi va Samarqand shahar davlat arxivi tugatilib, viloyat davlat arxiviga birlashtirildi. 1965 yil 25 martda Xalq deputatlari viloyat Kengashi ijroiya qumitasining arxiv bo‘limi tashkil etildi.  So‘ngi yillarda viloyat davlat arxivining fondlari fan, ta'lim, madaniyat sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga oid hujjatlar hamda tarixiy-madaniy yodgorliklarni aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilib borildi. 


1992-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


Jumladan; 2018 yilda Yaponiya davlatida ishlab chiqarilgan «Scan Snap sv 600» rusmli hujjatlarni skanerlovchi maxsus qurilma aparati arxivga olib kelindi. Bu qurilmaning ahamiyatli tomonlari shundaki, besh sekunddan kam vaqt orlig‘ida turli-xil formatda skanerlaydi, zarar yetgan hujjatlardagi nuqsonlar (notekis, hujjat atrofii shkastlangan bo‘lsa) aftomatik tarzda to‘g‘irlaydi, eng qulaylik tomoni ushbu qurilmani boshqarish bir tugma orqali amalga oshiriladi. 


1963-yil Samarqand viloyat davlat arxivi hujjatlar saqlovxonasi


Hozirgi vaqtda viloyat davlat arxivida o‘ttizdan ziyod hodimlar faoliyat olib bormoqda, hodimlarning aksariyati ko‘p yillik tajribaga ega hodimlar hisoblanadi. Bugungi kunda viloyat davlat arxivida jami 589 672 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda, bundan tashqari 84000 saqlov birligidag gazeta va jurnallar, 26200 saqlov birligidagi fotosuratlar, 183 826 saqlov birligidagi kitob albomlar saqlanib kelinmoqda.


2021-yil Samarqand viloyat davlat arxivi hujjatlar saqlovxonasi



2021-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan




2021-yil Samarqand viloyat davlat arxivi xodimlarining ish jarayonidan


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive

samarchive.uz









#Registon_maydoni_1417_yil

16-04-2021 13:31   884

Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Temuriyzoda Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Ulug‘bek madrasasi me'morchilik asari sifatida Sharq obidalarining mumtoz namunasidir. Ulug‘bek madrasasining ikkinchi qavatidagi xonalarda katta kutubxonasi mavjud bo‘lgan. Buyuk Amir Temur va farzandlari tomonidan jamlangan kitoblarning ko‘pi ana shu yerda saqlangan. Ulug‘bek madrasasida barcha diniy va dunyoviy fanlardan chuqur bilim berish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Madrasada ta'lim bergan yuzdan ziyod zamonasining mashhur olimlari ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashhur olimlardan – Mavlono Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Mu'iniddin Koshiy kabilar madrasaning yetakchi olim va mudarrislaridan bo‘lishgan. Madrasada boshqa olimlar bilan bir qatorda Ulug‘bekning o‘zi va shogirdi Ali Qushchi ham turli fanlardan dars bergan.

Ushbu hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.


Faoliyatimiz jamoatchilik nigohida

16-04-2021 08:33   754

2021 yil 14 aprel kuni “O‘zarxiv” agentligining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi organlari, ho‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Kun tartibiga Agentlik tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangi tarkibini hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.
Ma'lumki, Mazkur Farmonning mazmun mohiyati va ijrosi haqida gapirsak, bunda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xissa qo‘shib kelayotgan nodavlat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va ularg o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohada huquqiy bazani yanada mustahkamlashga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Hususan, keyingi to‘rt yilda nodavlat va notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga qaratilgan 1270 dan ortiq loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga 117 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Endigi navbatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun davlat boshqaruvi organlari faoliyatini jamoatchilik nazoratini tashkil etishda ularning ishtirokini yanada kengaytirish maqsad qilib qo‘yildi. Ma'lumki, undan oldin Prezident farmoni bilan 2018 yilda davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining faoliyatini tashkil etish va uning namunaviy nizomlari qabukl qilingan edi. Unga ko‘ra har uch yilda davlat organi rahbarining taklifiga binoan Jamoatchilik kengashining tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlanishi lozimligi bildirilgan edi. 4-martda qabul qilingan Farmon esa, Jamoatchilik nazoratini tizimli tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirdi. Farmonga ko‘ra, 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish Konsepsiyasi, Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.   

2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Har bir davlat organi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari tarkibiga nodavlat notijorat hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini kiritish belgilandi.

Davlat organi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi Jamoatchilik palatasi muhokamasidan so‘ng davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi.

Endilikda davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining ishchi organi sifatida davlat organining matbuot xizmati yoki jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi biriktirilmoqda.

Jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasida “Shaffof xayriya” yagona interaktiv portalining tashkil etilishi, hududlarda “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ning barpo etilishi Farmon bilan belgilab berildi.

Mazkur farmonni ijrosini ta'minlash hamda mazmun mohiyatini keng aholiga tushuntirishda biz arxivchilar va nodavlat tashkilotlarining ham hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha mazkur Farmon barcha davlat arxivlarida chuqur o‘rganib chiqildi, muhokama qilinib, jamoatchilik nazoratini tashkil etishga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Fuqarolar bilan muloqotning yangi shakllari, uslublari ishlab chiqilmoqda.

Endigi navbatda esa, tizimimizda Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. Bugun Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, Jamoatchilik palatasiga taqdim etiladi, Nizomi loyihasi ko‘rib chiqilib, kengash a'zolari tomonidan ma'qullandi. Agentlik jamoatchilik kengashi raisi vazifasiga Azamat Ziyo bir ovozdan, rais o‘rinbosari-mas'ul kotib vazifasiga Shuxrat Tursunbayevlar saylandi.
Agentlik Jamoatchilik kengashi o‘z oldiga vazifalarini belgilab oldi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi matbuot xizmati.


KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA "O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI O‘RINBOSARI SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

16-04-2021 08:13   702

Joriy yil 19 aprel dushanba kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2021 yil 15 yanvardagi 08/1-2648-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Isayev Xusan Nurillayevich Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi.

Manzil: Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka ko‘chasi 1-uy
Murojaat uchun tel: (66)455-20-76


Joriy yilning 20 aprel kuni Samarqandda arxiv tashkil etilganiga 100 yil to‘ladi. Ushbu sanaga tayyorgarlik yuzasidan telereportaj.

14-04-2021 06:55   805


“O‘zarxiv” agentligi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashiga rasman a'zo sifatida qo‘shildi.

13-04-2021 16:33   715

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashini (Kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi MDH Iqtisodiy kengashining 2004 yil 3 dekabrdagi qaroriga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi 2021 yil 24 fevraldan rasman qo‘shildi (bungacha “kuzatuvchi” funksiyasini bajarib kelgan edi).
Kengashning asosiy vazifasi - tuzilmaga a'zo bo‘lgan arxiv xizmatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, arxiv hujjatlaridan unumli foydalanishga oid turli tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni boshqarish usullarini takomillashtirish, mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligini mazkur Kengashga rasman a'zo bo‘lib kirganligi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha muammolarni hal etishga qaratilgan xalqaro anjumanlarda, davra suhbatlarida respublikamiz arxivchilarini faol ishtirok etishiga, sohani rivojlantirishga oid dolzarb masalalardan xabardor bo‘lish hamda respublikada amalga oshirilayotgan ishlar sifatini xalqaro talablar va andozalar darajasiga ko‘tarish, shu bilan bir qatorda respublikamizdan tashqarida bo‘lgan arxiv hujjatlarini aniqlash va ularning asl yoki elektron nusxalarini qaytarish masalalarini ijobiy va tezkor ravishda hal etish, chegaraga oid hujjatlarni olishdagi jarayonlarni maqbullashtirish borasida bir qator imkoniyatlarni yaratadi va eng asosiysi, Kengash a'zosi sifatida nafaqat Kengash yig‘ilishlarida ko‘riladigan masalalar ishtirokchisi sifatida, shuningdek, qabul qilinadigan xalqaro hujjatlar doirasida ko‘rib chiqish, ovoz berish bo‘yicha teng huquqini va vakolatini ham qo‘lga kiritadi.



Manba : "O‘zarxiv" agentligi matbuot xizmati.