SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Mutal BURHONOV musiqasi, 
Abdulla ORIPOV so‘zi.

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot, 
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, 
Yerkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona-yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Kiritilgan vaqti: 22/11/2017 12:56;   Ko‘rilganligi: 2569
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/reference/anthem
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 13:37