SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Samarqand viloyat davlat arxivi 100 yoshda



Joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil etilganligiga 100 yil to‘lganligi  munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari X.Isayev Samarqand davlat universiteti tarix fanlari doktor professori B.Ergashiyev,Samarqand shahar jomiy masjidi imom xatibi Boyqobilov Xabibulla xoji idoraviy arxivlar xodimlari, arxiv direktorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi “Samarqand viloyat davlat arxivi tashkil topganligining 100 yilligi” munosabati bilan hamda arxiv sohasida ko‘p yillik samarali mehnati arxiv ishi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov tomonidan jami 31 arxivchi xodimlar tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.





Oxirgi o‘zgarish: 20/04/2021 15:37;   Ko‘rilganligi: 798
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasi-samarqand-viloyat-davlat-arxivi-100-yoshda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 19:16