SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Ikkinchi jahon urush qatnashchisi Ergashev Niyozxon

Ergashev Niyozxon 1922  yil 10 fevralda Samarqand viloyati Ishtixon tumanining Shayxlar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ulgan. Otasi Musayev Ergash.

 Ergashev Niyozxon 1943 yil iyun oyida armiyaga chaqirilgan.  1943 yil 1 may kuni xarbiy prisyaga qabul qilib iyun va avgust oylari 382 o‘qchi polkida o‘qchi (strelok) bo‘lgan. Janglarning birida 1943 yil og‘ir yaralanib harbiy gospitalga tushgan va 1944 yilni 12 yanvarigacha davolangan va harbiy xizmatga yaroqsizligi sababli urush ortiga qaytarilgan. Shundan keyin front ortida xizmat qilib 1983 yilgacha kalxozda traktorchi bo‘lib ishlagan. Ushbu ishlagan davrida bir necha bor UzSSR Oliy Soveti Prezidiumi faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Oila qurgan va 7 o‘g‘il va ikki qizni vatanga xizmat qiladigan oliy ma'lumotli farzandlar qilib tarbiyalagan.

Ergashev Niyozxon urushdan keyin o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Ishtixon tumanining Shayxlar qishlog‘ida 2015 yil 2 yanvarda 93 yoshida vafot etgan.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 07/05/2021 13:36;   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ikkinchi-jahon-urush-qatnashchisi-ergashev-niyozxon
Chop etilgan vaqti: 22/06/2021 06:40