SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Pastdarg‘om tuman davlat arxivining tashkil etilish tarixi

Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Samarqand viloyati hokimining 2000 yil 22-avgustdagi 201-sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 30 avgust 224/8-sonli qarori bilan Samarqand viloyat davlat arxivining Pastdarg‘om tuman filiali ochilgan va 2012 yil 6-iyundagi Samarqand viloyat xokimining 119-K sonli va Pastdarg‘om tuman xokimining 2012 yil 12-iyun 1004-k sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati davlat arxivining Pastdarg‘om filiali, Pastdarg‘om tuman Davlat arxiviga aylantirilgan.

                                                                         2021-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


                                             2010-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


                                                       2010-yil Pastdarg‘om tuman davlat arxivi binosining tashqi ko‘rinishi


2010 yilda Pastdarg‘om tuman Xarbiy bo‘limining eski binosi   1929 yil qo‘rilgan manan yaroqsiz xolatdagi bino faoliyat olib borgan hujjatlarni saqlash javonlari esa arxiv xujjatlarini saqlashga moslashmagan har xil yog‘och javonlar va 3 dona kompyuter bo‘lgan. 2019 yil Pastdarg‘om tuman xokimligining maxalliy byudjet mablag‘i hisobidan 1 milyarddan ortiq mablag hisobiga 150 ming saqlov birligida xujjatlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 2-qavatli zamonaviy barcha qulayliklarga ega arxiv binosi qurib va hozirgi zamon talabidagi arxiv hujjatlarini saklash uchun mobel javon bilan jixozlandi.

                                                      2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi yangi binosining ichki ko‘rinishi


                                          2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi hujjatlar saqlov xonasi


                                                              2021-yil Pastdarg‘om davlat arxivi hujjatlar saqlov xonasi


 Bugungi kunda Pastdarg‘om tuman davlat arxivida 1926-2016 yillardagi davrni o‘z ichiga olgan jami 393 ta fond 100 ming saqlov birligidan ortik hujjatlar saqlanib kelinmoqda, shuningdek eng e'tiborlisi 2002 yillarda arxivimizda shtat birligi 6 ta bo‘lgan bulsa, hozirgi kunga kelib 11 ta shtat birligiga ko‘payishiga erishildi.


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali

 https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive



Oxirgi o‘zgarish: 08/06/2021 13:17;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/pastdargom-tuman-davlat-arxivining-tashkil-etilish-tarixi
Chop etilgan vaqti: 21/09/2021 22:32