Хабарлар

Мустақиллигимизнинг 30 йиллиги муносабати билан тақдирлаш

30-08-2021 15:42   875

#Мустақилликни_30_йиллиги #Тақдирлаш
Бугун "Ўзархив" агентлигида Мустақиллик байрами арафасида бир гуруҳ ҳодимларни тақдирлаш маросими ўтказилди.
Жумладан, Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаи тизимидаги Каттақўрғон туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архиви директори Ш.Қодиров , Жомбой туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архиви директори Ш.Мамарасулов, Тойлоқ туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архиви директори С.Қосимовлар архив соҳаси ривожига қўшган хиссалари учун "ФАХРИЙ ЁРЛИҚ" ва Агентлик директори "ТАШАККУРНОМАСИ" билан тақдирландилар.

Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


#Тақдирлаш #Табрикнома

30-08-2021 14:16   878

Жорий йил 29 август куни Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги байрами муносабати билан Самарқанд вилояти архив иши худудий бошқармаси бошлиғи Маманазаров Абдували Аблакулович «Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги» эсталик нишони билан тақдирланди.


Бошқарма бошлиғи Маманазаров Абдували Аблакуловични Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси жамоаси ҳамда вилоятдаги барча архивчи ходимлар номидан бундай юксак эътирофга сазовор бўлганлиги муносабати билан самимий муборакбод этиб, келгусидаги ишларига улкан зафарлар тилаб, бунданда юксак мукофатларга сазовор бўлишларини тилаб қоламиз.

Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


MAQOLA "QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM"

26-08-2021 17:10   893

Inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo‘lsa, ona tili ham shunchalik azizdir. Hattoki, go‘dak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi.

Darhaqiqat davlat tilini bilish va uni amalda to‘liq qo‘llay olish, «Davlat tili haqida»gi Qonunga rioya qilish, uni hayotga tatbiq etish, qadrlash yuksak ma’naviyat belgisi ekani haqidagi g‘oya davlat tili konsepsiyasining o‘zak-mohiyatini tashkil etadi. Qonunga binoan, o‘zbek tilini bilmaydigan fuqarolarga uni o‘rgatish va o‘qitish bepul amalga oshirilishi ta’minlangan.

 Samarqand tuman davlat arxivida davlat tiliga muvofiq ravishda lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari ham tuman davlat arxivida faoliyat olib borayotgan xodimlarga o‘qitilib borilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xuddi shu tamoyilni amalga oshirish maqsadida, tuman davlat arxivida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Zero, barcha bilishi lozim bo‘lgan jihat shuki, Ona tili shunchaki so‘zlashuv vositasi emas, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi hamdir. O‘z tilini asrab-avaylagan xalq o‘zligini ham asrab-avaylagan bo‘ladi.


Dilshod Kadirov,

Samarqand tuman davlat arxivi direktori.


#hujjat #Mustaqillikning_30_yilligi Шаҳар кўчалари ва ижтимоий-маданий жойларни қайта номлаш ҳақида

26-08-2021 12:16   1741

Шаҳар кўчалари ва ижтимоий-маданий жойларни қайта номлаш ҳақида
Халқ депутатлари Самарқанд шаҳар Совети Ижроия Кометити қарори
1990-йил Самарқанд
Ушбу ҳужжат Самарқанд вилоят давлат архивида сақланмоқда
Фонд №26


Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


#Maqola #Mustaqillikning_30_yilligi

25-08-2021 13:41   896

Ўзбекистон Республикасининг 30 йиллиги байрамига бағишлаб
“Самаркандский вестник ” газетасининг 2021-йил 25-августдаги
67-сонида Самарқанд вилоят давлат архиви бош архивчиси
Эгамбердиева Зарина Уктамовнани “Суверенитет и архивное дело ”
мавзусида мақоласи чоп этилди


Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


#hujjat #Mustaqillikning_30_yilligi

23-08-2021 15:17   883

Ўзбекистон ССР Халқ депутатлари Самарқанд вилоят Совети Президиумининг қарори

1991-йил 21-сентябрь “Ленин йўли” ва “Ленинский путь” рўзномаларининг номларини ўзгартириш ҳақида

 

Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


Qadring baland bo‘lsin, ona tilim

20-08-2021 10:43   934

Ona allasi-yu sheru doston ila singdirdi tanim,
Qadring baland bo‘lsin ona tilim, o‘zligim shanim

Yurtimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlash arafasidamiz. Mustaqillik bizga hech bir tildan kam bo‘lmagan go‘zal Ona tilimiz, o‘z zabonimizni va erkimizni qaytarib berdi. Bu davr o‘zligimizni tanib olish uchun aslo kamlik qilmaydi. To‘g‘ri, shu yo‘sinda ulkan evrilishlar sodir bo‘lgani va bo‘layotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Xususan, buyuk ajdodlarimiz ruhi oldida yuzimiz ancha yorug‘ bo‘ldi. Ulardan qolgan bemisl meroslar o‘rganilyapti, tadqiq etilyapti.
Turg‘unlik davrida arxivlarga faqat hujjatlar saqlanadigan bir joy deb qaralgan bo‘lsa, mustaqillik davrida bunday qarash tubdan o‘zgarib ma’naviy boyligimiz bulog‘ining ko‘zi ochildi. Bu buloqdan faqat yurtdoshlarimiz emas, butun dunyo olimlari bahramand bo‘lishi uchun arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilma yaratildi. Bu yo‘ldagi barcha ezgu ishlarning avvali Ona tilimizga ehtiromdan va o‘rnatilajak munosib munosabatdan boshlandi. Barcha arxivlarda davlat tilida ish yuritish tartibiga muvofiq faoliyat yuritilishi ta’minlanib, arxiv ish xujjatlari, peshlavhalari, so‘rov blankalari qayta ko‘rib chiqilib, talab darajasiga keltirildi. Arxiv manbalaridan foydalanish uchun mustaqil tadqiqotchilarga barcha qulayliklarga ega o‘quv zallari tashkillashtirildi.
Arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi, Milliy arxiv fondi O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi.O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirish ishlari va davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr 1917 yilgacha arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi.
Fuqorolarga qulaylik yaratish maqsadida arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarini raqamlashtirish (elektron nusxa olish) ishlari amalga oshirilmoqda. Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi joriy qilingan bo‘lib, arxiv ma’lumotlarini olish o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish, ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish, ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini olish ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Mustaqillik davrida Samarqand viloyat arxiv ishi boshqarmasi tizimida ham barcha yangiliklar joriy qilingan bo‘lib, ma’naviy-ma’riviy ishlar hamda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etildi. Arxivlarda barcha tashqi va ichki yozuvlar hamda ish yuritish hujjatlarini rasmiylashtirishda davlat tili qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, arxivda davlat tili qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu ishlarni boshlanishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Samarqand viloyat davlat arxivining 11-fondida saqlanayotgan 1991-1992 yillarda arxivida arxiv hujjatlaridan foydalanish dasturini bajarilishi haqidagi ma’lumotnomasida ushbu yillarda arxiv ish hujjatlarini o‘zbek tiliga o‘tkazish, arxiv hujjatlari asosida ko‘rgazmalar tashkil etish, radio va televideniye orqali chiqishlar qilish ishlarini bajarilish haqida ma’lumotlar berilgan.
Viloyat davlat arxivida fan, ma’daniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjatlar hamda 50 dan ziyod shaxsiy fondlar mavjud bo‘lib, ular orasida harbiy mutaxassislar, yirik fan va adabiyot nomoyondalari, davlat arboblari va boshqa taniqli kishilarning hujjatlari ham saqlanmoqda.
Parazitalogiya ilmiy-tekshirish institutining professori L.M.Isayev, Samarqand davlat dorilfununining olimlari V.A.Abdullayev, I.I.Umnyakov, M.AEgamberdiyev, X.F.Chikayev, M.Abramov va shu kabi ko‘plab taniqli kishilarning shaxsiy fondlari tarixiy va madaniy yodgorliklarni aks ettiruvchi suratlar mavjud bo‘lib, bular haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, masalan, Markaziy Osiyodagi birinchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan, M.Ulug‘bek madrasasida oliy ma’lumot olgan milliy ziyolilarning taniqli vakillari bilan bir qatorda sobiq ittifoqning Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan kelgan professor o‘qituvchilar ham faoliyat yuritgan Samarqandda 1927 yil 22 yanvarda Oliy pedagogika instituti tashkil etilganligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Kengashining №19 sonli qarori Samarqan viloyat arxivining 637 fondda saqlanmoqda.
Sharof Rashidovning Samarqand davlat universiteti (avvalgi O‘ZDU) filologiya fakultetida o‘qigan davriga tegishli shaxsiy xujjatlari Samarqand davlat arxivning 637 fondda saqlanmoqda.
Hozirda istirohat bog‘laridagi charxpalakning ilk ko‘rinishlarini 1900 yillarda Samarqand ahli Afrosiyob maydonida navro‘z bayramini nishonlab, charxpalakda uchayotganligi muhrlangan foto suratda ko‘rish mumkin. Ushbu foto xujjat Samarqand viloyat davlat arxivida Polyakovning №1402 shaxsiy fondida saqlanmoqda.
1882 yilda tug‘ilib, Vatan ozodligi uchun kurashgan, Farg‘ona vodiysida eng obro‘li qo‘mondonlardan biri bo‘lgan, otryadini 15 ming kishiga yetkazgan Amir ul-Muslim-Ergash qo‘rboshi bayrog‘ining(bayroqda qo‘llar tasvirlangan bo‘lib, u yorug‘likka, oyga intilish ma’nosini beradi) foto surati Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
O‘zbekiston davlat universiteti (hozirda SamDU)ning Lenin Bayrog‘i gazetasi 1933 yil 5 fevraldagi № 3 (35) soni Samarqan viloyat arxivida 637-fondda saqlanmoqda. Bularning hammasi bir tarix ushbu ma’lumotlar orqali biz o‘z tariximiz ziyolilarimizning bosib o‘tgan yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, arxivlarimizda o‘rganishimiz lozim bo‘lgan eski arab alifbosida, lotin alifbosida va kiril alifbosida yozilgan kitoblar, xujjatlar mavjud. Ularning har birini ona tilimizga e’tiborli bo‘lgan holda o‘rganib, avlodlarga munosib yetkazaylik. Bu esa bizning Vatanga qilgan o‘lkan xizmatimiz bo‘ladi.



Fazliddin Ulug‘ov
Samarqand viloyati arxiv ishi
hududiy boshqarmasi katta
inspektori



Эълон

17-08-2021 09:43   928



Давлат архивларида ўқув заллари фаолияти

16-08-2021 08:07   896

Юртимиз мустақилликка эришгач, иқтисодий-ижтимоий, маънавий-маърифий соҳалар қатори архивлар ишини ривожлантиришга ҳам катта аҳамият қаратилди. Жумладан, “Ўзбекистон Республикасида архив иши ва иш юритишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 20 сентябрдаги ПФ-5834-сон фармони ҳамда “Ўзбекистон Республикаси “Ўзарxив” агентлиги фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида”ги 2019 йил 20 сентябрдаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-4463-сон қарори соҳадаги ишларни замон талаблари даражасига кўтаришнинг муҳим омили бўлди.

Шунинг учун тарихий жараёнларни ёритишда архив ҳужжатларини қайта тадқиқ ва таҳлил этиш масаласи алоҳида эътибормолик экани шубхасиз. Архив бу идоралар, корхоналар, ташкилотлар, шунингдек тарихий шахслар фаолиятига оид ҳужжатлар сақланадиган муассаса ҳисобланади, лекин бу архивларнинг бу босқичларига етиб келишининг ҳам ўз тарихи бор. Республикада архив ишини ва иш юритишни янада ривожлантириш, архив ҳужжатлари сақланишини таъминлаш ва улардан фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш, тармоқнинг норматив ва методик базасини такомиллаштириш мақсадида Вазирлар Маҳкамаси 2008 йил августида қарор кабул қилган. Унга асосан Ўзбекистон Республикаси Миллий архив фонди ҳужжатлари сақланиши ва сақлаш хавфсизлиги шарт-шароитларини такомиллаштириш; давлат архивларининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, уларни рақамлаш, таъмирлаш, консервация қилиш ва архив ҳужжатларидан эҳтиётлаш мақсадида нусха олиш бўйича юқори технологик асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш; республиканинг умумий фойдаланиладиган архив ахборотлари маълумотлари базасини шакллантиришни назарда тутувчи архив муассасаларининг маълумотлар узатиш ва интеграциялашган ахборот тизимининг корпоратив тармоғини яратиш; масофадан ўқитишнинг замонавий технологияларидан фойдаланган ҳолда архив иши ва иш юритиш ходимлари малакасини мунтазам равишда ошириш тизимини шакллантириш ва бошка янгиликлар киритилган. Архив бу идоралар, корхона ва ташкилотлар, шунингдек тарихий шахслар фаолиятига оид ҳужжатлар сақланадиган муассаса.

Марказий Осиёда архив ёзув билан бир қаторда бир вақтда пайдо бўлган. 1917 йил октябрь воқеаларига қадар ҳужжатлар ҳар бир идора ва ташкилотнинг ўзида сақланган. Архивлар тарқоқ ҳолда бўлиб, ҳужжатлар бир жойда йиғилмаган, марказлашмаган эди. Октябрь тўнтарилишидан кейин Туркистон РСФСР таркибида автоном республика сифатида фаолият кўрсата бошдлади. Россия ҳукумати чиқарган барча қонунлар Туркистон учун ҳам тегишли эди. РСФСР ҳукумати 1918 йил   1 июнда “Архив ишини қайта қуриш ва марказлаштириш тўғрисида” декрет қабул қилди. Вилоят давлат архивида 1839 йилдан буён сақланаётган ҳужжатлар Самарқанд вилоятининг тарихи, маданияти, қурилиш, қишлоқ хўжалиги, маҳаллий саноат, халқ таълими, соғликни сақлаш ва бошқа соҳаларини ўзида акс эттирганлиги билан бебаҳодир. Архивда сакланаётган ҳужжатлар ўзбек, рус, араб ва эски лотин ёзувларида ёзилганлиги билан аҳамиятга моликдир.

Таъкидлаш жоизки, бугунги тезкор давр талаби ва жамият ҳаётининг барча жабҳаларида кечаётган янгиланиш жараёни архив муассасалари фаолиятини замон талаблари асосида ташкил қилишни тақозо этмоқда. Зиммаларидаги масъулиятни чин дилдан ҳис қилган жамоа ходимлари архив маълумотларини давлат хизматлари орқали бериш, архив хизматларини тезкор ва сифатли тақдим этиш йўлга қўйилди. Айниқса, аҳоли билан бевосита ишлайдиган ходимларнинг малакаси ва маданиятини ошириш орқали халқ билан тизимли мулоқотни таъминлашга алоҳида эътибор қаратилди.

 Ҳозирги вақтда Самарқанд вилоят давлат архивида 53 та совет иттифоқи қаҳрамонлари шу билан бирга, адиб, йирик давлат арбоби Шароф Рашидовнинг шахсий йиғмажилди ҳам сақланиб келинмоқда. Шароф Рашидов 1917 йилнинг  5 ноябрида Жиззах вилояти деҳқон оиласида таваллуд топган, Наримонов мактабида таҳсил кўрди. 1934 йилда Жиззахдаги педагогика техникумини, 1941 йилда Самарқанд дорилфунунини тугатади. Шундан сўнг муаллим ва мухбир сифатида ўз фаолиятини бошлайди. 1938-1941 йилларда Самарқанд вилоятининг «Ленин йўли» рўзномасида ишлайди. 1941-1942 йилларда Улуғ Ватан урушида қатнашади. Фронтдан қайтгач, 1944-1947 йилларда раҳбарлик ишига ўтади. Самарқанд вилоят партия котиби бўлиб фаоллик кўрсатади, 1947-1949 йилларда «Қизил Ўзбекистон» рўзномасига муҳаррирлик қилади. 1940-1950 йилларда Ўзбекистон Ёзувчилари уюшмаси раиси, 1950-1959 йилларда Ўзбекистон Олий Кенгаши Раёсатининг раиси, 1959-1983 йилларда Ўзбекистон Компартиясининг Биринчи котиби бўлиб ишлади. Умрининг охирги йилларида Республика партия ташкилотига   раҳбарлик қилди. Шунингдек, Иттифоқ Партия Марказий қўмитаси Сиёсий Бюроси аъзолигига номзод ҳам эди. Ўзбекистоннинг энг янги тарихини ўрганишда тарихчи олимлар балки архивчи мутахассислар, олий маълумотлар кадрларни қўпроқ айниқса архившунослик маълумотига эга бўлган мутахассисларни тайёрлаш бугунги кун талабидир. Чунки тарихни яхши тушуниб ҳужжат ўрганишни билмасак ёки аксинча ҳужжатни билиб туриб тарихни билмасак, ўтмишни ўрганиш, ўта муҳим масалалардан бири бўлиб қолаверади. Бинобарин архившунос, тарихшунос ва албатта манбашунос мутахасислар билан биргаликда иш олиб борилса, айнан давлат архивларининг ўқув залларига тадқиқотчилар келишига қарамасдан ўша идоранинг ўзида мутахасисларни ишга қабул қилиб қўл тегилмаган ўрганилмаган ҳужжатларни тилга киритсак ва фойдалансак ана ўшанда тарихни ўрганиш, тарихни ёритиш ишларига ўз ҳиссамизни қўшган бўлар эдик.  

Самарқанд вилоят давлат 

 архиви бош архивчиси

         Фаррух Омонов 


Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати


Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси бошлиғи А.Маманазаров Ургут туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архивига янги бино қуриш масаласи бўйича Ургут туман ҳокими Б.Жабборов ва мутасаддилар билан учрашди.

11-08-2021 07:05   857

Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси бошлиғи А.Маманазаров Ургут туман шахсий таркиб ҳужжатлари давлат архивига янги бино қуриш масаласи бўйича Ургут туман ҳокими Б.Жабборов ва мутасаддилар билан учрашди.

Олиб борилган музокаралар чоғида архив муассаси учун бино нечоғлиқ зарурлиги, туман аҳолиси учун архив ҳужжатларини сақланиши қай даражада аҳамиятли эканлигига алоҳида тўҳталди.



Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ахборот хизмати