Xabarlar

Bayramingiz muborak bo‘lsin! aziz Ustozlar va Murabbiylar

30-09-2021 13:56   648



#Ustoz va Murabbiylar kuni

30-09-2021 09:31   657

UZ: Siyob rayon 5-o‘rta maktabning ximiya fani o‘qituvchisi M.Bozorov.
To‘raqulov foto lavhasi 1977 yil.
Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

RU: Uchitel ximii Siabskoy rayonnoy sredney shkoli № 5 M. Bozorov.
Foto s raboti Turaqulova.
Danniy dokument naxoditsya v Samarkandskom oblastnom gosudarstvennom arxive.


1 oktyabr – Ustoz va Murabbiylar kuni.

22-09-2021 09:27   680

Butun umrini maktab bolalariga ta'lim berishga sarflagan Samarqand oblast Bulung‘ur rayon K.Marks nomli № 4 o‘rta maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shakarboyeva Tursinoy 1990 yilda 2A sinf o‘quvchilari bilan dars jarayonida

Ushbu foto xujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov Pastdarg‘om tuman davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazdi.

21-09-2021 12:00   648

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV PASTDARG‘OM TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

Joriy yilning 21-sentyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Pastdarg‘om tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Pastdarg‘om tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

16-09-2021 16:18   660

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 21-sentyabr kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Pastdarg‘om tuman davlat arxivida Boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil: Pastdarg‘om tumani Juma shahri A.Temur 3-uy
Murojaat uchun tel:+998 66 465 29 12


O‘zbekiston Milliy arxivining bosma nashrlar fondi yanada boyitildi.

15-09-2021 10:10   639

Xabaringiz bor, bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivi nafaqat respublikadagi, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biridir. Uning fondlarida yurtimizning IX asridan tortib, to shu bugungi kungacha bo‘lgan davriga oid boy tarixi aks etgan noyob hujjatlar jamlangan.

Bugungi kun arxivchilarining asosiy vazifasi - ajdodlarimizdan qolgan noyob durdonalarni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylab, kelajak avlodga yetkazish bilan birga, ushbu madaniy merosimizni ko‘paytirish, yanada boyitish, mavzularini yanada kengaytirish ham hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan e'lonlarga javoban yurtimizning oddiy fuqarosi Davronova Alfiya Nasrullayevna tomonidan o‘zining oilaviy arxivida saqlangan eski o‘zbek yozuvida nashr etilgan “Yangi Farg‘ona” nomli gazetalar to‘plamini ixtiyoriy ravishda davlat saqloviga topshirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur gazetalar to‘plami 1928 yillarga oid bo‘lib, unda O‘zbekistonning XIX asr boshlaridagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan. Ayni vaqtda Milliy arxivning ilmiy xodimlari tomonidan ushbu gazetalarning qimmatlilik darajasi va undagi maqolalarning mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda.

Shuningdek, jarayonni davomi sifatida ushbu manbalar ustida Milliy arxivning tajribali restavratorlari ish olib boradilar.

Umid qilamizki, yurtdoshlarimizimiz tomonidan taqdim etilgan ushbu qimmatli hujjatlar kelajakda yurtimizni haqqoniy tarixining ochilmagan qirralarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tmish va bugungi kun hujjatlarini kelajak uchun asraylik!!!


manba: "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati


Foto hujjat paxta yig‘im-terim mavsumi 1975-1980

11-09-2021 12:57   637

Samarqand viloyati Kattaqurg‘on rayon Engles kolxozining X.Kenjayev brigadasidagi mashhur terimchi Tojixon Avazova va paxta yig‘im-terim mavsumi 1975-1980 yillar.

Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


Paxta 1975-1980 yil

09-09-2021 15:30   699

#Foto_hujjat

Samarqand viloyat Payariq rayon Dimitrov savxozi Madaniyat qishlog‘i paxta dalalari 1975-1980 yillar.

Ushbu foto xujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.


Hurmatli Samarqand viloyati aholisi diqqatiga!

07-09-2021 15:23   676

DIQQAT E'LON!
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat ehtirom ko‘rsatish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomi nashr etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan maktublarni (yoki ularning nusxalarini) “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomiga joylashtirish hamda kelajak avlodga
Ota-bobolarimizdan qolgan meros sifatida yetkazish maqsadida Viloyat davlat arxivi saqloviga qabul qilinishini ma'lum qilamiz.

Qo‘shimcha ma'lumot va savollar uchun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati (91-536-98-95) (93-345-72-22) raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.


SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAMARQAND SHAHAR SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

06-09-2021 10:32   638

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAMARQAND SHAHAR SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

Joriy yilning 6-sentyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Samarqand shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.