Хабарлар

"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

27-01-2023 09:32   473

Bugun 27-yanvar kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi!

O‘quv soatida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/videos%5Corqali ham ko‘rishingiz mumkin.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentlik guvohnomasini olish boʻyicha boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkazildi.

27-01-2023 09:27   383

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yildagi 101-sonli qarorining 5 ilovasiga muvofiq Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentlik guvohnomasini olish boʻyicha boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Attestatsiyadan oʻtgan mutaxassislarga Arxivlar mutaxassislarining hujjatlarni tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha guvohnoma beriladi.


2022-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda

05-01-2023 10:50   459

#infografika

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda.


Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul o'tkaziladi

12-12-2022 10:06   430

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI


Joriy yilning 15-dekabr kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga  muvofiq  Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.


Manzil: Ishtixon shahri, Ishtixon ko'chasi 


Murojaat uchun tel: +998 (94) 189 50 58


"Ўзархив" агентлиги директори У.М.Юсупов томонидан Нарпай туман давлат архивида ўтказилган сайёр қабулдан телерепортаж

08-11-2022 08:58   458


Kattaqo'rg'on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida boshqarma boshlig'i A.Mamanazarov sayyor qabul o'tkazadi.

07-11-2022 17:56   502

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI


Joriy yilning 11-noyabr kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Kattaqo'rg'on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.


Manzil: Kattaqo'rg'on  tuman "Yakkabog'" MFY 60-uy


Murojaat uchun tel: +998 (99) 737 17 00


"Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида долзарб 40 кунлик

29-10-2022 12:16   573

Самарқанд вилоятида “Яшил макон” умумиллий лойиҳаси доирасидаги долзарб қирқ кунлик бўйича дарахт кучатларини экиш ишлар қизғин давом этмоқда.

Бугун Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ҳамда вилоят давлат архиви жамоаси томонидан “Хўжа Ахрор Вали ” маҳалласи ҳудудида юзлаб турли мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди.

Шунингдек, "Яшил макон" лойихаси доирасида долзарб қирқ кунликда вилоятдаги архив муассасалари томонидан Самарқанд вилояти бўйлаб жами 3000 дона мевали ва манзарали дарахт кучатларини экиш режалаштирилган.


Тарғибот тадбири ўтказилди

29-10-2022 12:09   504

Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали томонидан Самарқанд вилояти архив иши ҳудудий бошқармаси ҳамда унинг тизимидаги архив муассасаларида фаолият олиб бораётган раҳбар ва ходимларга Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 14 октябрь кунидаги “Давлат фуқаролик хизматчилари томонидан одоб- ахлоқ қоидаларига риоя этилишини таъминлаш бўйича қўшимча чора- тадбирлари тўғрисида”ги 595-сон қарорининг мазмун моҳиятни тушунтириш бўйича тарғибот тадбири ўтказилди.

Тадбир иштирокчиларига Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали мутахассиси С.Мухаммадиев томонидан Давлат фуқаролик хизматчиларининг одоб-ахлоқ қоидалари тўғрисида батафсил маълумот ва тушунчалар берилди.


Тадбир якунида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларига мутахассис томонидан жавоблар олишди.



#Qadring_baland_boʻlsin, #Ona_tilim

21-10-2022 08:29   535

Til millat ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan ilgari surilgan yagona shior “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” nomi bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy tadbirlar doirasida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat davlat arxivi hamda Samarqand shahridagi 8-sonli Ixtisoslashtirilgan ta’lim maktabi davlat tili oʻqituvchilari E.Sultonova va G.Mamadaliyevalar ishtirokida manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan o'zbek tilining davlat tili timsoli ekanligi hamda millatning madaniy va ma'rifiy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, tarixida mujassam ekanligi hamda uning kelajak avlodga asl holatda yetkazishga barchamiz mas'ul ekanligimiz takitlab o'tildi.


2022-yil 9 oylik davomida amalga oshirilgan ishlar infografik ko'rinishda

01-10-2022 13:13   846

#Infografika

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2022-yil 9 oylikda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda.