SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
Zarnews.uz sayti orqali e'lon qilingan “Bulung‘urda moliya va XTB maktab sinflarini noo‘rin qisqartirgan” nomli maqolaga Bulung‘ur tuman xalq ta'limi bo‘limining munosabati
Zarnews.uz sayti orqali joriy yilning 1 mart kuni “Bulung‘urda moliya va XTB maktab sinflarini noo‘rin qisqartirgan” nomli maqola e'lon qilindi. Unda bayon qilingan masalalar yuzasidan Bulung‘ur tuman xalq ta'limi bo‘limi quyidagilarni ma'lum qiladi:
tuman moliya bo‘limi va xalq ta'limi bo‘limining 2019 yil 20 sentyabrdagi qo‘shma buyrug‘ida 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1 ta 2-sinf va 1 ta 4-sinfni qisqartirish nazarda tutilgan. Shu asosda maktab direktorining 2019 yil 2 noyabrdagi 2“b”-sinfni qisqartirish to‘g‘risida 11-sonli buyrug‘i qabul qilingan. Biroq ushbu buyruq maktab direktorining 2019 yil 9 dekabrdagi 13-sonli buyrug‘i bilan bekor qilinib, 2“g”-sinf qisqartirilgan.
Ammo sinflarning qisqartirilishida belgilangan me'yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lishi lozimligi talabiga rioya etilmagan. Vaholanki, umumta'lim maktablarida o‘qitish shartlari va tashkilot uchun sanitariya-epidemiologiya qoidalari (SanPiN № 0341-16)ga ko‘ra, sinf xonalarida har bir o‘quvchi uchun 2 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.
Shu bois 2-umumta'lim maktabidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha Bulung‘ur tumani moliya hamda xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan tuman adliya bo‘limiga taqdimnoma kiritildi. Bulung‘ur tumani adliya bo‘limining amaliy yordami natijasida moliya hamda xalq ta'limi bo‘limining 2019 yil 20 sentyabrdagi qo‘shma buyrug‘ida 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1 ta 2-sinf va 1 ta 4-sinfni qisqartirish qismi hamda maktab direktorining tegishli buyruqlari bekor qilindi. Ayni paytda qisqartirilgan sinflar tiklangan.
Bulung‘ur tuman xalq ta'limi bo‘limi
Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2020 08:00;
Ko‘rilganligi: 1402
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/zarnewsuz-sayti-orqali-elon-qilingan-bulungurda-moliya-va-xtb-maktab-sinflarini-noorin-qisqartirgan-nomli-maqolaga-bulungur-tuman-xalq-talimi-bolimining-munosabati
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 02:17