SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani  bo‘lib o‘tdi.

2020 yil 17 dekabr kuni Samarqand viloyat matbuot uyida  ommaviy axborot vositalari uchun “Samarqand viloyat  arxiv ishi hududiy boshqarmasi  va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida  2020 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda O‘zA Samarqand viloyat bo‘limi rahbari G‘.Xasanov  viloyat TELERADIOKOMPANIYASI, ZARAFSHON gazetasi hamda boshqa bir qancha jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxivlarda  2020 yil 9 oyi davomida  sohada amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar haqida malumotlar berib o‘tildi.

Anjuman ishtirokchilari o‘zlarining sohaga oid qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan  javob olishdi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali 

https://t.me/uzarxivs

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali 

https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 18/12/2020 07:08;   Ko‘rilganligi: 1684
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-viloyat-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasi-tomonidan-matbuot-anjumani-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2024 11:28