SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
Samarqand shahridagi 26-umumta'lim maktabida turli sabablar bilan pul yig‘ilayotganligi to‘g‘risida “SamTVR” orqali e'lon qilingan ma'lumotlarga shahar xalq ta'limi bo‘limining munosabati
Joriy yilning 5 mart kuni “SamTVR”da (https://t.me/SamTvr/2239) yoritilgan Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 26-umumta'lim maktabida turli sabablar bilan pul yig‘ilayotganligi haqida ma'lumotlar e'lon qilindi. Bunga shahar xalq ta'limi bo‘limi munosabatini bildirdi (https://t.me/Sam_shahar_XTB/2790).
Unda ta'kidlanganidek, holat yuzasidan shahar xalq ta'limi bo‘limining 5 martdagi 55-b-sonli buyrug‘i asosida ishchi guruh tuzilib, 26-umumta'lim maktabida o‘rganish olib borildi.
Maqolada keltirilgan vajlarni o‘rganish maqsadida o‘qituvchilardan ijtimoiy so‘ravnoma o‘tkazildi. Maktab ma'muriyati, asosiy va o‘rindosh sifatida faoliyat yuritayotgan 40 nafar pedagog xodimlardan so‘rovnomada 33 nafari ishtirok etdi. Uning natijasiga ko‘ra, 33 nafar ishtirokchilarning barchasi maktabda hech qanday pul yig‘imlari yo‘qligini bildirishdi.
Maqolada keltirilgan maktabda “o‘qituvchilar mukofot pullariga egalik qilolmayotganligi” yuzasidan noyabr oyida maktab direktorining 2019 yil 27 noyabrdagi 62-sonli buyrug‘iga asosan, 14 nafar o‘qituvchilarga 19 million so‘m mukofot puli ajratilgan. Ushbu o‘qituvchilardan 13 nafari bilan suhbat o‘tkazildi. Natijada, ularning barchasi mukofot pullarini o‘zlari olganligini va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatganligini tushuntirish xatlarida orqali bildirib o‘tdi. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi.
Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2020 06:53;
Ko‘rilganligi: 1322
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/samarqand-shahridagi-26-umumtalim-maktabida-turli-sabablar-bilan-pul-yigilayotganligi-togrisida-samtvr-orqali-elon-qilingan-malumotlarga-shahar-xalq-talimi-bolimining-munosabati
Chop etilgan vaqti: 21/11/2024 19:24