SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unversiteti tarix fakulteti talabalari viloyat davlat arxivida o‘quv amaliyotini yakunlashdilar. Amaliyot yakunida talaba yoshlar bilan boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida talabalar arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishganligi bevosita amaliyot jarayonida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha bilim va kunikmalari shakillanganligi to‘g‘risida gapirib utdilar.

Muloqot qizg‘in savol javoblar bilan davom ettirildi.

Shundan so‘ng viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov yosh talabalarning o‘qishlarida va kelgusida davlatimiz taraqqiyoti va rivojiga hissa qo‘shishda olayotgan bilim va kunikmalar olishda astoydil harakat qilib, yuqori marralarga erishib, yetuk malakali kadrlar bo‘lishlarini tiladi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 24/06/2022 13:25;   Ko‘rilganligi: 590
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/yoshlar-bilan-ochiq-muloqot
Chop etilgan vaqti: 21/11/2024 18:13