SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
"Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz"
Bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan 31-avgust "Qatag'on qurbonlari" kuni hamda Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Dastlab tadbirda Boshqarma boshlig'i A.Mamanazarov tomonidan viloyatdagi Qatag'on qurbonlarining merosini yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirish to'g'risida gapirib o'tildi.
Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi "O'zarxiv" agentligi direktori U.M.Yusupovning Respublikamizdagi arxiv sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarga Mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi.
Tadbir yakunida arxiv sohasi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlarning mehnati eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Faxriy yorlig‘i va agentlik direktorinig Tashakkurnomasi hamda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Faxriy yorliqlari hamda Boshqarma boshlig'ining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Oxirgi o‘zgarish: 31/08/2022 13:46;
Ko‘rilganligi: 811
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/yangi-ozbekistonda-el-aziz-inson-aziz
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 06:16