SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Tuman hokimi arxivchi xodimlar faoliyati va arxivdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.


Joriy yilning 25yanvar kuni Narpay tuman hokimi v.b Raxmonov Sherzod Shuxratovich Narpay tuman davlat arxiviga tashrif buyurdi.
Tashrifi davomida Narpay tuman davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.


Binoni va undagi tadqiqotchilar va ma'rifat-ma'naviyat xonasini, arxivchilar xonasini, jismoniy va yuridik shaxslar qabulxonalari va saqlovxonalarni ko‘zdan kechirdi.


Arxivga murojaat etayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.


So‘ngra arxiv xodimlarini har-biri bilan ish faoliyati va oilaviy sharoiti to‘g‘risida suhbatlashdi, sektorlarga biriktirilgan xodimlarga xizmatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


So‘ngra arxivning eski binosida bo‘lib u yerda saklanayetgan hujjatlar bilan tanishdi, bino xolati to‘g‘risida hokimiyat vakillari bilan fikr almashishdi.



Oxirgi o‘zgarish: 27/01/2021 08:33;   Ko‘rilganligi: 835
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/tuman-hokimi-arxivchi-xodimlar-faoliyati-va-arxivdagi-shart-sharoitlar-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 14:43