SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#SAYYOR_QABUL_O‘TKAZILDI

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 17-fevral kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Jomboy tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i A.A.Mamanazarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 58-34-sonli Farmoniga asosan Jomboy tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tadbirkor bilan davlat xususiy sheriklik faoliyatini amalga oshirib sherikchilik asosida qurilgan yangi binoni ta'mirlash ishlari  bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov arxivda faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashib ularni arxiv sohasi bo‘yicha qiziqtirgan savol va takliflari urganilib Ustoz shogird ananalariga tayangan holda  kerakli maslahat va tushinchalar berildi.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 17/02/2021 15:07;   Ko‘rilganligi: 934
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/sayyor_qabul_otkazildi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 04:20