SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filali rahbar o‘rinbosari A.Ibragimov hamda viloyat Adliya boshqarmasi Samarqand shahar Adliya bo‘limi katta maslahatchisi T.Damirovlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 8 avgustida O‘RQ-788-son Qonuni imzolanganligini.
Ushbu Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga solinishi.
Xususan, Qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlar belgilanganligi.
Bunda Odob-axloq qoidalariga rioya etish, Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash tizimini joriy etish belgilanganligi va shu kabi qonunda belgilangan normalar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil ma'lumot berib o‘tildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Oxirgi o‘zgarish: 17/08/2022 09:49;
Ko‘rilganligi: 528
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasida-davlat-fuqarolik-xizmati-togrisidagi-qonunning-mazmun-mohiyati-va-ahamiyati-boyicha-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 04:13