SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASIDA QATAG‘ON QURBONLARI YOD ETILIB DUOYI-FOTIHALAR O‘QILDI
Ajdodlarimiz azal-azaldan to‘y, bayram qilishdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz xotirasini yod aylashga, marhumlar sha'niga quron tilovatlar o‘qib, kelishgan.
Xuddi shunday tadbirlarni o‘tkazishda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Qatag‘on qurbonlari muziyi xodimi Shavkat Masharipov, Samarqand shahar “Qo‘shxovuz” masjidi imom hatibi Xabibullo xoji Boyqobilovlar ishtirokida joriy yilning 18 fevral kuni “QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETIB” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Qatag‘on qurbonlari muziyi xodimi Masharipov Shavkat Ruzimovich tomonidan yosh arxivchi xodimlarga qatag‘on qurbonlari muzeyi faoliyati hamda bugungi kundagi qatag‘on qurbonlari urganishda olib borilayotgan ish jarayonlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni ulashdi.
Shundan so‘ng samarqand shahar jomiy masjidi imom Xabibullo hoji Boyqobilov tomonidan yosh arxivchi xodimlarga diniy ilimlarning bugungi kundagi ahamiyati, ota-onani hurmat qilish, farzandlar tarbiyasi ularni mustaqil O‘zbekistonga munosib farzfndlar qilib tarbiyalash,bugungi kun uchun dolzarb masalari bilan birga birqator misollar orqali tushunchalar berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali
Oxirgi o‘zgarish: 19/02/2021 14:16;
Ko‘rilganligi: 895
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasida-qatagon-qurbonlari-yod-etilib-duoyi-fotihalar-oqildi
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 01:14