SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
#Samarqand kuni muborak! aziz Samarqandliklar
Samarqand shahriga 1996 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi 225-I-sonli qonuniga asosan ta'sis etilgan «Amir Temur» ordeni berildi. Amir Temur bobomizning 660 yillik yubileyida shahar markazida barpo etilgan Amir Temur maydoni va buyuk ajdodimizga o‘rnatilgan ulug‘vor haykalning ochilishi munosabati bilan shu kun 18 oktyabr kuni Samarqand shahar kuni deb belgilandi. Shundan buyon mana qariyb chorak asrdirki ushbu kun bayram sifatida viloyatda keng nishonlanib kelinadi.

Qariyb uch ming yil davomida yirik ilm-fan va madaniyat markazi bo‘lib kelayotgan Samarqand azaldan o‘zining betakror tabiati, Sharq me'morchiligining noyob durdonalari bo‘lmish muhtasham bino va inshootlari bilan dunyoga mashhur. Ulug‘ allomalar, tarixchilar, ijodkorlar tomonidan “Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi”, “er yuzining sayqali”, “Sharq gavhari”, “qadimiy va hamisha navqiron” degan ta'rifu tavsiflar bilan tilga olinadigan shahar hamisha jahon ahli nigohida.
Uni bir bor ko‘rishni, go‘zalligidan bahramand bo‘lishni sayyoramizning turli qit'alarida yashovchi insonlar ham orzu qilishadi. Shuning uchun ham Samarqand – har bir inson umri davomida albatta borib ko‘rishi shart bo‘lgan dunyoning ellikta eng mashhur shaharlari qatorida e'tirof etiladi.
Samarqand qadimdan yirik ilm-fan, madaniyat, ma'rifat markazi bo‘lib kelgan. Bu zamindan dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Musaffo tabiati, muqaddas qadamjolari va mehmondo‘st insonlari bilan dunyo nigohida bo‘lgan. Shuning uchun jahon ahli doimo unga intiladi, shaharga tashrif buyurish sharafiga muyassar bo‘lgan har bir inson bu ko‘hna zaminga bir umr maftun bo‘lib qoladi. Ayniqsa, “er yuzining sayqali“ deb tan olingan, buyuk sohibqiron Amir Temur birlashtirgan davlat poytaxti bo‘lgan mashhur Samarqandning ko‘zgusi hisoblangan “Registon” maydoni ulug‘vorligi, maftunkorligi bilan har bir insonni lol qoldiradi.
Oxirgi o‘zgarish: 15/10/2020 15:23;
Ko‘rilganligi: 1651
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-kuni-muborak-aziz-samarqandliklar
Chop etilgan vaqti: 23/11/2024 13:51