SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev

Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev 1918 yil Samarqand viloyati Nurobot tumanining  Boshquduq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. U oilada yolg‘iz farzand bo‘lsada, og‘ir-bosiq, xushmuomila, o‘ychan kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lib ulg‘aydi. Maktabni tugatib Isroil Mirzayev kolxozga ishga kiradi.

       1939 yilda Isroil Mirzayev harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy tayyorgarlikni o‘rganayotgan vaqtida kutilmaganda Finlandiya urushi boshlanganligi sababli Isroil Mirzayev xizmatdosh do‘stilari qatori jang maydoniga safarbar qilinadi. 1940 yilda urush tugaganligi sababli askarlar qatori xizmat joyiga qaytariladi. 1941-yilda xarbiy xizmatni tugatib qishlog‘iga qaytmoqchi bo‘lib turganida Isroil Mirzayevning taqdiridagi ikkinchi urush Ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Ikkinchi jahon urushi qahramoni Isroil Mirzayev pulemyotchi qism jangchilari safida Moskva, Stalingrad, Sevastopol, Odessa, Qrim, Don, Volga qal'asi ozodligi uchun jang qilib Berlin ostonasigacha dushmanni tor-mor etishda qatnashadi. Isroil Mirzayev jang maydonida partiya safiga qabul qilinadi va osoyishta kunlar uchun fashistlar ustidan g‘alaba qozonishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Isroil Mirzayev 1946 yilda hayotidagi uchinchi urush Yaponiya urushida qatnashib nihoyat barcha mashaqqatlarni sabr-bardosh bilan yengib, nihoyat yetti yildan so‘ng o‘zining Vataniga qaytadi.

          Isroil Mirzayev Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklari sababli uchala darajadagi “Shuxrat” ordeni, “Qizil yulduz” ordeni, uchta “Jasurligi uchun” medali, Ikkinchi jahon urushi g‘alabasining 20, 40, 50, 60 yillik yubiley medallari, “Germaniya ozodligi uchun”, “Varshava ozodligi uchun”, “Belorussiya fronti” va “Jasorat” medallariga sazovor bo‘lgan.

         Urushdan qaytgan Isroil Mirzayev kolxozga ishga kirib, jon-jaxdi bilan ishga sho‘ng‘ib ketadi. Isroil Mirzayev ish faoliyati davomida oddiy paxta brigadirligidan, kolxoz raisi o‘rinbosari, rais, favqulotda vaziyatlar boshlig‘i, xo‘jalik partiya qo‘mitasi kotibi kabi rahbarlik lavozimlarida mehnat qiladi.

          Isroil Mirzayev mehnatsevarligi sababli nafaqaga chiqqandan keyin ham yo‘l qurilish, maktab, tibbiyot muassasalarini  quradi. Boshquduq qishlog‘ida xotira xiyoboni tashkil etadi, shaharlararo avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Shu sababli  Boshquduq qishlog‘idagilar Isroil Mirzayev bilan faxirlanib, uni “o‘zimizning” “geroy bobo” deb faxirlanishadi.

Ushbu ma'lumot Pastdarg‘om tuman davlat arxivining Nurobod filiali taqdim etgan materillar asosida tayyorlandi.


manba:Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 26/04/2021 13:48;   Ko‘rilganligi: 921
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ikkinchi-jahon-urushi-qahramoni-isroil-mirzaev
Chop etilgan vaqti: 22/11/2024 06:20