SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#foto

Afrosiyob Samarqand shahrining shimolida joylashgan bo‘lib, maydoni 219 ga ni tashkil etadi. Ushbu hudud Samarqandning qadimiy o‘rni bo‘lib, XIII asr boshida mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng xarobaga aylangan. Afrosiyobning hozirgi vaqtda hukmdor arki va shahristoni saqlangan.
Hozirgi vaqtga olib borilgan tadqiqotlar shaharning qadimgi davridan tortib, to mo‘g‘ullar bosqinigacha bo‘lgan tarixi haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, arxeologik qazishmalar jarayonida aniqlangan moddiy madaniyat namunalari shaharni bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi. 1965 yilda dunyoga mashhur Varxuman saroyi devoriy suratlari topilgan bo‘lsa, 2000-2004 yillarda qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar aniqlanadi. Ushbu devoriy suratlar So‘g‘diyona tasviriy san'atining naqadar yuksak bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Respublikada xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Ulko Grigoriy Ilich
Afrosiyobdan topilgan devor suratlarini materialga xuddi devordagidek qilib ko‘chirmoqda. 25.03.1971 yil U.Mamaraximov fotosi


Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda



Oxirgi o‘zgarish: 21/12/2021 13:55;   Ko‘rilganligi: 724
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/foto
Chop etilgan vaqti: 21/11/2024 19:24