Xabarlar

"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

27-01-2023 09:32   403

Bugun 27-yanvar kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi!

O‘quv soatida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/videos%5Corqali ham ko‘rishingiz mumkin.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentlik guvohnomasini olish boʻyicha boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkazildi.

27-01-2023 09:27   357

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yildagi 101-sonli qarorining 5 ilovasiga muvofiq Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentlik guvohnomasini olish boʻyicha boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining mutaxassislari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Attestatsiyadan oʻtgan mutaxassislarga Arxivlar mutaxassislarining hujjatlarni tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha guvohnoma beriladi.


2022-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda

05-01-2023 10:50   387

#infografika

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda.


Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul o'tkaziladi

12-12-2022 10:06   439

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI


Joriy yilning 15-dekabr kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga  muvofiq  Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.


Manzil: Ishtixon shahri, Ishtixon ko'chasi 


Murojaat uchun tel: +998 (94) 189 50 58


"O‘zarxiv" agentligi direktori U.M.Yusupov tomonidan Narpay tuman davlat arxivida o‘tkazilgan sayyor qabuldan telereportaj

08-11-2022 08:58   416


Kattaqo'rg'on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida boshqarma boshlig'i A.Mamanazarov sayyor qabul o'tkazadi.

07-11-2022 17:56   407

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI


Joriy yilning 11-noyabr kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Kattaqo'rg'on tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.


Manzil: Kattaqo'rg'on  tuman "Yakkabog'" MFY 60-uy


Murojaat uchun tel: +998 (99) 737 17 00


"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik

29-10-2022 12:16   506

Samarqand viloyatida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasidagi dolzarb qirq kunlik bo‘yicha daraxt kuchatlarini ekish ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi jamoasi tomonidan “Xo‘ja Axror Vali ” mahallasi hududida yuzlab turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, "Yashil makon" loyixasi doirasida dolzarb qirq kunlikda viloyatdagi arxiv muassasalari tomonidan Samarqand viloyati bo‘ylab jami 3000 dona mevali va manzarali daraxt kuchatlarini ekish rejalashtirilgan.


Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

29-10-2022 12:09   503

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabr kunidagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob- axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-son qarorining mazmun mohiyatni tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali mutaxassisi S.Muxammadiyev tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida batafsil ma'lumot va tushunchalar berildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.



#Qadring_baland_boʻlsin, #Ona_tilim

21-10-2022 08:29   739

Til millat ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan ilgari surilgan yagona shior “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” nomi bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy tadbirlar doirasida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat davlat arxivi hamda Samarqand shahridagi 8-sonli Ixtisoslashtirilgan ta’lim maktabi davlat tili oʻqituvchilari E.Sultonova va G.Mamadaliyevalar ishtirokida manaviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan o'zbek tilining davlat tili timsoli ekanligi hamda millatning madaniy va ma'rifiy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, tarixida mujassam ekanligi hamda uning kelajak avlodga asl holatda yetkazishga barchamiz mas'ul ekanligimiz takitlab o'tildi.


2022-yil 9 oylik davomida amalga oshirilgan ishlar infografik ko'rinishda

01-10-2022 13:13   1036

#Infografika

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2022-yil 9 oylikda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda.