SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabr kunidagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob- axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-son qarorining mazmun mohiyatni tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali mutaxassisi S.Muxammadiyev tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida batafsil ma'lumot va tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 29/10/2022 12:09;
Ko‘rilganligi: 502
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/targibot-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 22/12/2024 09:35