SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
31-avgust — "Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni"
Bugun Qatag'on qurbonlarining merosini yanada chuqur o'rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'yicha tuzilgan Respublika ishchi guruhining tegishli yig'ilish bayonlari ijrosini ta'minlash maqsadida bir guruh samarqandlik yoshlar Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida bo'lishdi.
Yoshlar dastlab, Samarqand viloyat davlat arxivi binosida qatag'on qurbonlarining ma'lumotlari aks etgan arxiv hujjatlari ko'rgazmasini tomosha qilishdi.
Shundan so'ng boshqarma boshlig'i A.Mamanazarov bilan mavzu yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi.
Yakunda yoshlar Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag'on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyiga tashrif buyurdi va ushbu maskandan joy olgan tarixir ahamiyat kasb etgan hujjatlar bilan yaqindan tanishdi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 31/08/2021 10:58;
Ko‘rilganligi: 893
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/31-avgust-qatagon-qurbonlarini-yod-etish-kuni
Chop etilgan vaqti: 24/11/2024 05:17