SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TO‘G‘RISIDA NIZOM
- I. Umumiy qoidalar
1.Samarqand viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda «boshqarma» deb yuritiladi) arxiv ishi bo‘yicha davlat boshqaruvining Samarqand viloyatidagi maxsus vakolatli organi hisoblanadi. U o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga va Samarqand viloyat hokimligiga bo‘ysunadi hamda ish yuzasidan ularga hisobot beradi.
2.Viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasining boshqaruv tizimiga viloyat, shahar va tuman davlat hamda nodavlat arxivlari kiradi.
Viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari o‘z faoliyatida ular joylashgan viloyat, shahar va tuman hokimliklariga va shuningdek viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasiga bo‘ysunadi.
3.Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari,va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Samarqand viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligining nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, buyruqlari, qo‘llanmalari va ko‘rsatmalariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Boshqarmao‘ziga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek unga bo‘ysunuvchi,o‘z faoliyatini boshqarma tasdiqlagan Nizomlar va qoidalar asosida olib boruvchi viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari orqali hal qiladi.
- II. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
viloyat hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
tashkilot, korxona, xo‘jalik subyektlari, shu jumladan fermer xo‘jaliklari (keyingi o‘rinlarda «tashkilot» deb yuritiladi)da arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qonuniy va me'yoriy hujjatlarga rioya etilishi, ularning bajarilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash;
davlat arxivlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, saqlovini ta'minlash, davlat hisobini olib borish va ulardan kengroq foydalanish;
davlat arxivlarida arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasi bo‘yicha uslubiy ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqotlar natijalari va ilmiy-texnika yutuqlarini davlat va idoraviy arxivlar amaliyotida joriy etib borish;
davlat arxivlari ustidan oqilona rahbarlik qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash;
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ilg‘or tajribasinio‘rganib, arxivlar amaliyotida qo‘llash.
6.Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
viloyatda arxiv ishi va ish yuritishning milliy dasturlari hamda konsepsiyalarining amalga oshirilishini tashkil qiladi;
davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini hujjatlar bilan to‘ldirish, saqlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha viloyat hokimining qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda viloyat hokimligiga kiritadi, ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi;
davlat arxivlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ro‘yxatga olish, saqlovini ta'minlash, ulardan foydalanishni tashkil qiladi, o‘z hududida arxiv ishi sohasida qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq davlat va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan Milliy arxiv fondi hujjatlari hisobini boshqarma fond katalogida olib boradi hamda ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga taqdim etadi;
viloyatda arxiv ishining rivojlantirishni joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini ta'minlaydi;
belgilangan tartibda davlat arxivlari tarmoqlari va tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi va olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi bilan kelishgan holda davlat arxivlarini tashkil qilish yoki tugatish yuzasidan viloyat hokimligiga taklif kiritadi;
davlat arxivlarining uslubiy ishlarini tashkil qiladi, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarni hamda ilmiy-texnika yutuqlarni arxiv ishiga joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat arxivlaridagi hujjatlarni ilmiy yoki amaliy qimmatdorligini ekspertiza qilishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta'minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etish va ularni faoliyat ko‘rsatishini tartibga solishni muvofiqlashtiradi;
hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining ilmiy va amaliy qimmatini ekspertizadan o‘tkazishni hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga shu jumladan elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;
viloyat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolarining qadimgi tarixiy-hujjatli yodgorliklarni to‘plash bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga taqdim etadi, ularni maxsus ruxsatnomalar ro‘yxati bo‘yicha to‘plashni nazorat qilib boradi;
belgilangan tartibda davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi axborotli-ma'lumot adabiyotlarini chop etishni tashkil etadi;
viloyatda hujjatlarni Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishi zarur bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari toifasini belgilaydi hamda arxiv ishi bo‘yicha montoring tashkil etish va (qonuniy va me'yoriy hujjatlarga rioya etilishi) ularning bajarilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlaydi;
viloyat, respublika va chet el arxivlarining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va ommalashtiradi, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha yig‘ilishlar va seminarlar uyushtiradi;
qonunda belgilangan tartibda davlat arxivlari tomonidan pullik xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi va xizmat turlari spektorini rivojlantirish choralarini ishlab chiqadi;
hududda arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga qaratilgan grantlar, chet el loyihalari jumladan, xorijiy investitsiyalarni taqsimlash va jalb qilishni ta'minlaydi;
davlat arxivlari faoliyatiga oqilona rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
davlatga qarashli bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini sotib olishda davlatning imtiyozli huquqidan foydalanib, o‘ziga bo‘ysunuvchi davlat arxivlariga ko‘maklashadi;
viloyat byudjet loyihasiga o‘ziga bo‘ysunuvchi davlat arxivlarining ta'minoti va xizmat xarajatlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, ularning moliyalashtirilishini va sarflanishini nazorat qilib boradi;
davlat arxivlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ish yuritish xizmati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi;
arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash maqsadida oliy, o‘rta-maxsus va umumta'lim o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining axborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishi ta'minlanishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidagi alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari yaratilishini tashkil qiladi;
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, konsullik so‘rovlari bajarilishini ta'minlaydi.
Boshqarma shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
7.Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
viloyat, shahar va tuman hokimliklariga arxiv ishini yanada yaxshilash va ish yuritish hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
viloyat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlaridan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish, shuningdek boshqarma vakolatiga tegishli boshqa zarur ma'lumotlarni so‘rab olish;
davlat hokimiyati organlaridan tugatilayotgan korxonalar to‘g‘risida axborot olish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi davlat arxivlaridan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan, kutubxona va muzeylarning qo‘lyozmalar bo‘limlaridan, shuningdek fuqarolardan fondlar katalogi uchun tegishli ma'lumotlar olish;
viloyatdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, shuningdek idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlaridan idoraviy arxivlar va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish bo‘yicha ma'lumotlar olish;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari vakillarining arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish bo‘yicha hisobotlarini eshitish, aniqlangan kamchiliklarni tugatish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan nizomlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, yig‘majildlar nomenklaturalari, o‘quv dasturlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni kelishib berish;
viloyatning mansabdor shaxslarini korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va idoralarda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining o‘g‘irlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishiga olib kelgan sharoitlar yaratganligi holatlari bo‘yicha qat'iy chora ko‘rish uchun viloyat tergov organlariga xabar qilish;
arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish.
Shuningdek, viloyat boshqarmasi o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan vakolatlari doirasidagi boshqa huquqlarga ham egadir.
Boshqarmaning mas'ul xodimlari o‘z xizmat burchlarini bajarilishi uchun mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxivlari hamda ish yuritish xizmatlariga belgilangan tartibda kirish huquqiga egadirlar.
Boshqarma viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, davlat hisobini olib borish, saqlovini ta'minlash va ulardan foydalanish hamda davlat arxivlari faoliyatini tashkil etishga javobgardir.
- IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
8.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi 49-sonli qarorining 6-bandiga asosan boshqarmaga viloyat hokimi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Boshqarma boshlig‘i:
viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligining nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, buyruqlari va ko‘rsatmalarini bajarilishi uchun shaxsan javob beradi hamda boshqarma mas'ul xodimlarining, shuningdek davlat arxivlari direktorlarining faoliyatiga rahbarlik qilish javobgarligi darajasini belgilaydi;
viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish maqsadida o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga tegishli buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
davlat arxivlari va shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari direktorlarini tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishgan holda va boshqarma devoni xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va undan ozod etadi;
boshqarma devonining mehnatga haq to‘lash fondi, shtatlar jadvali hamda boshqarma devoni va davlat arxivlarini ta'minlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
viloyat moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ish haqi tizimi hamda miqdorini belgilaydi.
9.Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 avgustdagi 194-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan viloyat boshqarmasi xodimlarining umumiy soni va tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10.Boshqarmada tarkibi 5 kishidan iborat, boshqarma boshlig‘i raisligida va boshqarma tizimining boshqa rahbar xodimlar kiradiganKengash tashkil qilinadi. Kengash to‘g‘risidagi Nizom va a'zolarning shaxsiy tarkibi boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash o‘z majlislarida viloyatda arxiv ishini rivojlantirish, joriy va istiqbol rejalarini bajarilishi, me'yoriy hujjatlar va uslubiy qo‘llanmalar loyihalarini, idoralararo munosabatlarni rivojlantirish hamda davlat, idoraviy arxivlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv ishi, ish yuritish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi, tegishli qarorlar qabul qiladi.
11.Boshqarma huzurida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibini belgilash, davlat va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning qimmatdorligini aniqlash va korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert-tekshiruv komissiya (ETK)si faoliyat ko‘rsatadi. Uning shaxsiy tarkibi va nizomi boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
- Boshqarma alohida xarajatlar smetasiga ega bo‘lib, davlat arxivlarhisobga olingan holda viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi (viloyat moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holdadavlat arxivlari tegishli tuman, shahar hokimliklari moliya bo‘limlari tomonidan moliyalashtirilishi mumkin).
13.Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
14.Boshqarmani qayta tashkil qilish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.