Xabarlar

Yoshlar bilan ochiq muloqot

24-06-2022 13:25   459

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unversiteti tarix fakulteti talabalari viloyat davlat arxivida o‘quv amaliyotini yakunlashdilar. Amaliyot yakunida talaba yoshlar bilan boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida talabalar arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishganligi bevosita amaliyot jarayonida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha bilim va kunikmalari shakillanganligi to‘g‘risida gapirib utdilar.

Muloqot qizg‘in savol javoblar bilan davom ettirildi.

Shundan so‘ng viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov yosh talabalarning o‘qishlarida va kelgusida davlatimiz taraqqiyoti va rivojiga hissa qo‘shishda olayotgan bilim va kunikmalar olishda astoydil harakat qilib, yuqori marralarga erishib, yetuk malakali kadrlar bo‘lishlarini tiladi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Oqdaryo tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o'tkaziladi

15-06-2022 15:51   500

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yil 17-iyun kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Boshqarma boshligʻi A.Mamanazarov Oqdaryo tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini oʻtkazadi.

Manzil: Oqdaryo tumani Goʻzalkent MFY Qorateri qishlogʻi
Murojaat uchun tel:+998(93) 301 86 05

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati


O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari Sadikov Sherzod Gayratovich tomonidan Samarqand tuman davlat arxivida o‘tkazilgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuldan telereportaj.

31-05-2022 08:09   439


Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Nurobod filalida jisoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi

27-05-2022 15:10   524

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN PASTDARG‘OM TUMAN DAVLAT ARXIVI NUROBOD FILALIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI.

Joriy yilning 27-may kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Nurobod filalida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Samarqan tuman davlat arxivida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida

25-05-2022 12:33   461

Samarqan tuman davlat arxivida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sadikov Sherzod G‘ayratovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazoratini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosi ta'minlash bo‘yicha tuman davlat arxivida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib mas'ullarga kerakli ko‘rsatma va tushunchalar berib o‘tdi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


SAMARQAND TUMAN DAVLAT ARXIVIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

25-05-2022 11:45   510

SAMARQAND TUMAN DAVLAT ARXIVIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Jori yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022 yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sadikov Sherzod G‘ayratovich Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi


Samarqand tuman davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

25-05-2022 10:05   466

Ayni damda “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sadikov Sherzod G‘ayratovich Samarqand viloyati Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazmoqda.



Pastdarg‘om tuman davlat arxivi Nurobod filalida boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi

25-05-2022 08:19   452

Joriy yil 27 may kuni soat 10:00 da «O‘zarxiv» agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan «Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali»ga muvofiq Boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov Patdarg‘om tuman davlat arxivi Nurobod filialida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi.

Manzil: Nurobod tuman A.Temur mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi
Murojaat uchun tel:+998(97) 396 07 97


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


Pastdarg‘om tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tomonidan 9 may xotira va qadirlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirdan telereportaj

17-05-2022 08:16   465


ARXIV HUJJATLARI BOY TARIXIMIZDAN SO'ZLAYDI

17-05-2022 08:08   502