Xabarlar

2022-yil 9 oylik davomida amalga oshirilgan ishlar infografik ko'rinishda

01-10-2022 13:13   861

#Infografika

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2022-yil 9 oylikda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko'rinishda.


"Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz"

31-08-2022 13:45   641

Bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan 31-avgust "Qatag'on qurbonlari" kuni hamda Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Dastlab tadbirda Boshqarma boshlig'i A.Mamanazarov tomonidan viloyatdagi Qatag'on qurbonlarining merosini yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirish to'g'risida gapirib o'tildi.

Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi "O'zarxiv" agentligi direktori U.M.Yusupovning Respublikamizdagi arxiv sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarga Mustaqilligimizning 31-yilligi munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi.

Tadbir yakunida arxiv sohasi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlarning mehnati eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Faxriy yorlig‘i va agentlik direktorinig Tashakkurnomasi hamda Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Faxriy yorliqlari hamda Boshqarma boshlig'ining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.


Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami muborak bo'lsin!

31-08-2022 13:43   423

Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar !

Sizlarni va siz orqali yaqinlaringizni eng ulug‘, eng aziz bayram O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz kelajagi boqiy bo‘lsin!

Bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!


Hurmat bilan,
boshqarma boshlig‘i                 A.Mamanazarov


Hashar elga yarashar

27-08-2022 09:38   445

#Hashar_elga_yarashar

Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami oldidan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarida hashar tashkil qilindi. 

O‘tkazilgan mazkur hasharda arxiv muassasalarining barcha xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.

 Arxiv binolarining yer maydonlari va binolar hududining sanitarik holati yaxshilandi.


TOYLOQ TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI.

27-08-2022 09:28   402

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN TOYLOQ TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI.


Joriy yilning 26-avgust kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toyloq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi.


Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.



Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan seminar trening tashkil etildi.

25-08-2022 16:02   342

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan seminar trening tashkil etildi.

Bugun Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan Samarqand viloyati Davlat boshqaruv akademiyasida ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari suhbat komissiyalari a’zolarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar treningda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq asosida tasdiqlangan ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazishda ishtirok etadigan suhbat komissiyasi a'zolari ishtirok etdilar.

Seminarda dastlab "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berib o'tildi.

Shundan so'ng, suhbat komissiyasi a'zolari ishini tashkil etish, ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatchilarini suhbat asosida qabul qilish tartibi hamda suhbat jarayonini ochiq va shaffofligini ta'minlash, to'g'risida bir qator amaliy uslubiy tushunchalar berib o'tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.


Toyloq tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o'tkaziladi.

23-08-2022 08:22   354

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 26-avgust kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga muvofiq Toyloq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida Boshqarma boshligʻi A.A.Mamanazarov tomonidan sayyor qabuli oʻtkaziladi.

Manzil: Samarqand viloyati, Toyloq tumani, “Shopulat” mahallasi
Murojaat uchun tel: +998 (93) 999 59 86


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi.

17-08-2022 09:48   377

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filali rahbar o‘rinbosari A.Ibragimov hamda viloyat Adliya boshqarmasi Samarqand shahar Adliya bo‘limi katta maslahatchisi T.Damirovlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 8 avgustida O‘RQ-788-son Qonuni imzolanganligini.
Ushbu Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga solinishi.
Xususan, Qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlar belgilanganligi.
Bunda Odob-axloq qoidalariga rioya etish, Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash tizimini joriy etish belgilanganligi va shu kabi qonunda belgilangan normalar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil ma'lumot berib o‘tildi.






Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.


Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkaziladi.

08-08-2022 18:02   397

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI


Joriy yil 11 avgust kuni soat 10:00 da “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning II-yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov Kattaqo‘rg‘on shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi.


Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahar "Ingichka" ko‘chasi 1-uy

Murojaat uchun tel:+998(91) 314 04 44


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati


DIYOR YANGILIKLARI | KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

02-08-2022 12:27   404