САМАРҚАНД ВИЛОЯТ АРХИВ ИШИ
ҲУДУДИЙ БОШҚАРМАСИ
w w w . s a m x t b . u z
"Qatag‘on qurbonlarini yod etish" haftaligi doirasida tadbir tashkil etildi.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh hamkorligida Qatag‘on qurbonlarini xotirlash va eʼzozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning xotirasini tiklash mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardonavor kurash olib borgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda vatanparvarlik, shukronalik ruhini barcha yosh avlod qalbida shakllantirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan bugungi kunda ishchi guruh tomonidan davlat arxivlarida Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amaliy ishlar olib borilayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Tadbir doirasida davlat arxivida saqlanayotgan mavzuga doir hujjatlar asosida ko‘rgazma tashkil etildi.
Киритилган вақти: 08/10/2024 09:11;
Кўрилганлиги: 87
Материал манзили: https://samarchive.uz/press/news/qatagon-qurbonlarini-yod-etish-haftaligi-doirasida-tadbir-tashkil-etildi
Чоп этилган вақт: 21/11/2024 10:02