САМАРҚАНД ВИЛОЯТ АРХИВ ИШИ
ҲУДУДИЙ БОШҚАРМАСИ
w w w . s a m x t b . u z

 

#Bayrog‘im_g‘ururim

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o‘rni katta.

 

Zero Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

 

Shu bois, bugun erta tongdan 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat

Bayrog‘i  to‘g‘risida”gi   qonuni  qabul qilingan  kun munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

 

 Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Киритилган вақти: 18/11/2021 08:23;   Кўрилганлиги: 774
 
Материал манзили: https://samarchive.uz/press/news/bayrogim_gururim
Чоп этилган вақт: 21/11/2024 11:30