SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA O'QUV ROFILAKTIK TADBIR TASHKIL ETILDI
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari uchun Samarqand shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida o‘quv, profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, ijtimoiy-iqtisodiy soha, qurilish va tunda insonlar qoluvchi obyektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar, is gazi, gaz-havo aralashmasi chaqnashi holatlarining oldini olish bo‘yicha arxiv xodimlarga o'quv mashg'ulotlari o'tilib, mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.
Ma'lumot uchun: Yurtimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" e'lon qilingan.
Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 28/11/2024 12:26;
Ko‘rilganligi: 17
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/yongin-xavfsizligi-oyligi-doirasida-oquv-rofilaktik-tadbir-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 11:28