SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov Bulung‘ur tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 24-mart kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Bulung‘ur tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i Bulung‘ur tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib ayrim kamchiliklar xodimlar bilan muhokama qilinib boshqarma boshlig‘i tomonidan kerakli tushinchalar berildi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.



Oxirgi o‘zgarish: 25/03/2021 12:12;   Ko‘rilganligi: 100
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasi-boshligi-amamanazarov-bulungur-tuman-shaxsiy-tarkib-hujjatlari-davlat-arxivida-sayyor-qabul-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 21/09/2021 22:45