SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘zbekiston Milliy arxivining bosma nashrlar fondi yanada boyitildi.

Xabaringiz bor, bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivi nafaqat respublikadagi, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biridir. Uning fondlarida yurtimizning IX asridan tortib, to shu bugungi kungacha bo‘lgan davriga oid boy tarixi aks etgan noyob hujjatlar jamlangan.

Bugungi kun arxivchilarining asosiy vazifasi - ajdodlarimizdan qolgan noyob durdonalarni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylab, kelajak avlodga yetkazish bilan birga, ushbu madaniy merosimizni ko‘paytirish, yanada boyitish, mavzularini yanada kengaytirish ham hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan e'lonlarga javoban yurtimizning oddiy fuqarosi Davronova Alfiya Nasrullayevna tomonidan o‘zining oilaviy arxivida saqlangan eski o‘zbek yozuvida nashr etilgan “Yangi Farg‘ona” nomli gazetalar to‘plamini ixtiyoriy ravishda davlat saqloviga topshirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur gazetalar to‘plami 1928 yillarga oid bo‘lib, unda O‘zbekistonning XIX asr boshlaridagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim voqealar o‘z aksini topgan. Ayni vaqtda Milliy arxivning ilmiy xodimlari tomonidan ushbu gazetalarning qimmatlilik darajasi va undagi maqolalarning mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda.

Shuningdek, jarayonni davomi sifatida ushbu manbalar ustida Milliy arxivning tajribali restavratorlari ish olib boradilar.

Umid qilamizki, yurtdoshlarimizimiz tomonidan taqdim etilgan ushbu qimmatli hujjatlar kelajakda yurtimizni haqqoniy tarixining ochilmagan qirralarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tmish va bugungi kun hujjatlarini kelajak uchun asraylik!!!


manba: "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 15/09/2021 10:10;   Ko‘rilganligi: 787
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/ozbekiston-milliy-arxivining-bosma-nashrlar-fondi-yanada-boyitildi
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 08:12