SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

#KATTAQO‘RG‘ON SUV OMBORI

Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan, Kattaqo‘rg‘on suv ombori  O‘zbekistonda birinchi qurilgan suv ombori hisoblanadi.

Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan, Kattaqo‘rg‘on suv ombori  O‘zbekistonda birinchi qurilgan suv ombori hisoblanadi.  Kattaqo‘rg‘on suv ombori Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan ta'minlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamg‘aradi. 1940-1951 yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirilgan. Kattaqo‘rg‘on suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli to‘g‘on, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941 yilda uzinlgi 4 km, balandligi 28 metr tuproqto‘g‘on ko‘tarildi (keyinchalik to‘g‘onni balandligi 31,5 metrga yetkazildi). Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954 yilda loyihada ko‘rsatilgan mikdor 662 mln.m3 ga yetkazilgan.

Uzinligi 28 km, suv sarfi 45 m3/s suv keltiruvchi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m3/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956 y. suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv o‘tkazish imkoniyati 100 m3/s ga yetkazildi, o‘zani to‘g‘rilanib, kengaytirildi va o‘zanga beton to‘shama yotqizildi. Natijada kanal uz. 21,2 km ga yetdi. To‘g‘on (maksimal bal. 28,62 m, uz. 3915 m) va quloqlarning rekonstruksiya qilinishi natijasida (1968 y. da) Kattaqo‘rg‘on suv ombori sig‘imi 900 mln. m3 ga yetkazildi, shundan foydali sig‘imi 840 mln. m3. Suv yuzasi mayd. 79,5 km2. Uz. 15 km, maksimal eni 10 km, o‘rtacha eni 5,3 km, maksimal chuq. 25 m, o‘rtacha chuq. 11,3 m. Kattaqo‘rg‘on suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 ming ga yer sug‘oriladi va 150 ming ga yerning suv ta'minoti yaxshilangan.


Kattaqo‘rg‘on suv ombori suvi kanal bilan Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga o‘rta hisobda 240— 250 s baliq ovlanadi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 26/10/2020 12:55;   Ko‘rilganligi: 2727
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/kattaqorgon-suv-ombori
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:17