SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Hurmatli Samarqand viloyati aholisi diqqatiga!

DIQQAT E'LON!
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat ehtirom ko‘rsatish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomi nashr etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan maktublarni (yoki ularning nusxalarini) “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomiga joylashtirish hamda kelajak avlodga
Ota-bobolarimizdan qolgan meros sifatida yetkazish maqsadida Viloyat davlat arxivi saqloviga qabul qilinishini ma'lum qilamiz.

Qo‘shimcha ma'lumot va savollar uchun Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati (91-536-98-95) (93-345-72-22) raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.



Oxirgi o‘zgarish: 07/09/2021 15:24;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/hurmatli-samarqand-viloyati-aholisi-diqqatiga
Chop etilgan vaqti: 22/09/2021 01:30