SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
G‘AVSULI A'ZAM ZIYOROTGOHI
G‘AVSULI A'ZAM ZIYOROTGOHI
G‘AVSULI A'ZAM ZIYOROTGOHI
G‘avsuli A'zam ziyoratgohi Urgut tumani G‘us qishlog‘ida joylashgan. G‘avsuli A'zam Abu Muhammad Muxiyiddin Sayyid Abdulqodir Giloniy Hazratlari 1079 yilda Eronning Gilon viloyatida tavallud topadi. U 1166 yilda Bog‘dodda vafot etgan. Abdulqodir Giloniy valiylik martabasiga erishgan zotdir. Ma'lumki, avliyolar yetti darajada bo‘lishgan, Ularning oliy darajasi “Qutb va G‘avs”dir.
Ular; ilmi tafsir, ilmi hadis, ilmi mazhab, ilmi usul, ilmi ahloq, ilmi fiqx, ilmi nahv kabilar
G‘avsuli A'zam tasavvufdagi “Qodiriya” tariqatining asoschisidir. Bu tariqat barcha Sharq mamlakatlariga keng tarqalgan G‘avsuli A'zamning avlodlari, ul zotning muqaddas qadamjolari Marg‘ilon shahrida Urgut tumanidagi G‘o‘s qishlog‘ida mavjuddir.
Bu haqda Abu Tohirxoja o‘zining “Samariya” kitobida shunday yozadi:
“Hazrat G‘avsning fayz asror mozori ham Urgutning bir mahallasidadir. Derlarkim, u kishida g‘avslik martabalik paydo bo‘lgan ekan. Mozori porloq nurlidir. Ba'zilar bu yer G‘avsning qadamjoyi deydilar”.
Istiqlol sharofati tufayli yurtimizda qo‘plab azizu avliyolar, olimu fuzalolar maqbaralari hamda qadamjolari qaytadan ta'mirlandi.
Samarqand viloyat hokimining 1999 yil 2 dekabrdagi “Viloyat hududidagi ziyorotgoh va qadamjolarni nazoratga olish va obodonlashtirish to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga asosan G‘avsuli A'zam Abu Muhammad Muhiyiddin Sayyid Abdulqodir Giloniy qadamjosi “Oltin Meros” halqaro xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi tasarrufiga olinib, jamoatchilikni jalb qilib, obodonchilik va qurulish ishlari tashkil qilindi. 2001 yilda Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning tashabusi bilan G‘avsuli A'zam ziyoratgohi qaytadan ta'mirlanib 2003 yilda shahsan o‘zlari ochilish ma'rosimida ishtirok etgan. Ziyorotgoh xududida ziyorotchilar dam olishi va hordiq chiqarishlari uchun maxsus ayvonlar, mehmonxona va muzeyi faoliyat ko‘rsatadi.
Bu aziz maskanni halq e'tiqod bilan e'zozlaydi. Ruxiy poklik , ro‘shnolik, umid va madad ramzi, deb biladi. Bu joy eng muqaddas ziyorat va tarbiya maskaniga aylangan.
Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2020 21:31;
Ko‘rilganligi: 3679
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/gavsuli-azam-ziyorotgohi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2024 07:38