Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakil-lik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, ma'rifat, madaniyat, arxiv va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.
Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimiz-ning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar.
Bu haqda gapirganda, avvalo, buyuk shoir, alloma Mir Alisher Navoiy hazratlarining "Jannat onalarning oyog‘i ostidadir" degan hikmatli so‘zlarini yana bir bor eslaymiz va mehribon, muqaddas Ona siymosi oldida barchamiz bosh egib ta'zim qilamiz.
Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab ta'riflar keltirish mumkin.
Bahorning faslining ilk kunlaridan arxiv jamoasida ham sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimizni tabriklash uchun bayram tadbirini tashkil etildi.Dastavval, arxiv tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar gullar, samimiy tilaklar, tabriklar va esdalik sovg‘alari ulashildi. Shu o‘rinda:
Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!
Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz.
Tilagimiz va niyatimiz bitta — oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.
Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!
O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligining rasmiy kanali https://t.me/uzarxivs
Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali https://t.me/sam_archive