Baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Tumanim Nurota – tog‘lar orasi,
Otim Ergash Jumanbulbul bolasi.
Qaridimmi desam ko‘nglim qolasi,
Tobora ortadi yoshlik xavasi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868 yil xozirgi Qo‘shrabot tumanning Ko‘shtomg‘oli MFY, Qo‘rg‘on qishlog‘ida yetti pushti baxshi o‘tgan oilada dunyoga kelgan. Bu xaqida u o‘zining “Tarjimai xoli” da “Men Zarafshon viloyatining Nurota janubining, Jo‘sh daxasining Qo‘rg‘on qishlog‘idan - Mulla Ergash-61 yashar Jumanbulbul o‘g‘li Jumanbulbul mulla Xolmurodning o‘g‘li, mulla Xolmurod mulla Toshning o‘g‘li, mulla Tosh usta Lapasning o‘g‘li, usta Lapas Yodgorning o‘g‘li. O‘zim o‘zbek, turkman jamoasidan, asl zotim qorakisssa qozoyoqligiga quyiladi ”, deb bayon etadi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yoshligidan ziyrak, bilimga chanqoq, so‘zga chechan bo‘lib o‘sadi. Zero, uning o‘zi kuylaganidek.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1875-1876 yillarda qishloq majitida ma'rifatparvar mulla O‘tamurod qo‘lida savod chiqardi. 1884-1885 yillarda Buxoro madrasalaridan birida taxsil oladi. Bu yerda u fors, arab tillarini mukammal o‘rganadi.
O‘tkir xotirasi va kuchli quvvai xofizasi tufayli 40 ortiq dostonni yod oladi. Elning katta-yu kichik to‘yu - marakasida yod olgan badixalarini to‘lib toshib kuylaydi.
Qo‘shrabot serfazilat, purxikmat, “Beshigida avliyolar o‘sgan yurt”. Bu zaminda ulug‘ allomalar izlari bor, piru-avliyolar o‘sgan, bu yurt onalari olimlarga alla aytganlar.
Baxorning ilk kunlarida Samarqand viloyat hokimi E.Turdimovning tashshabusi va tuman hokimi X.Oqbo‘tayevning ishchanligi, talabchanligi va o‘z vazifasiga sitqi dildan yondoshishi bilan Qo‘shrabot tumani va Jo‘sh qishlog‘i axolisi uchun kattta bayramga aylandi. Sababi “Obodqishloq” dasturi doirasida bunyod etilgan ko‘plab inshoatlar foydalanishga topshirilishi katta tantanaga aylanib ketdi.
“Obod qishloq” dasturi asosida Qo‘rg‘on qishlog‘idagi dostonchilik maktabining asoschisi xalq baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li uy muzeyi qayta ta'mirlanib muzeyning tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslaxatchisi T.Xudoyberganov, Samarqand viloyat xokimi E.Turdimov, davlat va jamoat arboblari, Respublikamizning turli xududlaridan kelgan baxshilar va viloyat va tuman jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Hozirgi kunda Ergash Jumanbulbul uy muzeyi nafaqat tumanimiz fuqarolari uchun balki Respublikamizning barcha fuqarolari uchun ham ko‘rkam ziyoratgohga aylantirildi.