Xabarlar

“Obodonlashtirish oyligi”da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv xodimlari tomonidan arxiv hududida obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borildi.

02-08-2023 13:20   313

“Obodonlashtirish oyligi”da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv xodimlari tomonidan arxiv hududida obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-iyuldagi 05/1-402-son topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligini 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha respublikamizda “Obodonlashtirish oyligi”da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari faol ishtirok etdilar.


Samarqand viloyati davlat arxivi xodimlari tomonidan arxiv muassasi hamda uning hududida obodonlashtirish tozalash ishlari tashkil etildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov tomonidan 2023-yilning I-yarim yilligi davomida boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing oʻtkazildi.

27-07-2023 14:44   304


OAV biz haqimizda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" dasturida Samarqand viloyati arxiv ishi hudududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov tomonidan 2023-yilning I-yarim yilligi davomida boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun oʻtkazilgan brifing yuzasidan telereportaj.

27-07-2023 07:43   343


2023-yil I-yarim yillikda amalga oshirigan ishlar yuzasidan Brifing o'tkazildi

25-07-2023 13:38   387

Bugun Samarqand viloyati arxiv ishi hudududiy boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Brifing o‘tkazildi.
Brifing tafsilotlari qo‘shimcha taqdim etiladi.





Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati


Samarqand viloyatidagi davlat arxivlariga quyosh panellari o'rnatildi.

24-07-2023 08:00   319

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 20-fevraldagi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat davlat arxivi hamda Samarqand tuman davlat arxivlariga quvvati 15 kVt/ soat bo'lgan quyosh panellari o’rnatildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


QO'SHRABOT TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI.

24-07-2023 07:19   310

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN QO'SHRABOT TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2023-yilning II-yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Qo'shrabot tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli oʻtkazildi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2023-yil I-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.

20-07-2023 10:34   377

DIQQAT E’LON!


2023-yil 25-iyul soat 11:00 da Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan 2023-yil I-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.

Mazkur brifinga davlat va nodavlat OAVda faoliyat yuritayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.

Manzil: Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydoni 7-uy viloyat davlat arxivi binosida

Murojaat uchun telifonlar: (66) 233 56 50 (93) 345 72 22


Qo'shrabot tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli oʻtkaziladi

19-07-2023 06:19   302

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yilning 21-iyul kuni soat 11:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2023-yilning II yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Boshqarma boshligʻi A.Mamanazarov Qo‘shrabot tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini oʻtkazadi.

Manzil: Qo‘shrabot tumani Gʻ.Gʻulom koʻchasi 3-uy.
Murojaat uchun tel:+998(66)646 12 19

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati


SAMARQAND TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI.

14-07-2023 11:59   325

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN SAMARQAND TUMAN  DAVLAT ARXIVIDA  JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2023-yilning II-yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish boʻyicha  sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati  arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli oʻtkazildi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati


Infografika 2023-yil I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti

10-07-2023 14:24   317

#infografika

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar tomonidan 2023-yil I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha axboroti infografik ko‘rinishda.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati