Xabarlar

#sport_haftaligi 2

04-11-2021 08:29   661

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan Sport haftaligi doirasida bugun erta tongdan Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Pastdarg‘om tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi xodimlari urtasida sportning yugirish, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar tomonidan “Sport haftaligi ”ni o‘tkazish davom etmoqda.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

#sport_haftaligi

04-11-2021 08:18   596

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Samarqand tuman davlat arxivida arxiv xodimlari sport bilan shug‘illanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘illanish uchun aloxida xona va barcha turdagi sport anjomlari bilan jixozlangan bo‘lib, hozirda tuman davlat arxiv xodimlari ish vaqtidan tashqari muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘illanib kelishmoqda.

Shu jumladan, bugun “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan “Sport haftaligi” doirasida tuman davlat arxivi xodimlari urtasida sportning shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar tomonidan “Sport haftaligi ”ni o‘tkazish davom etmoqda.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

#Yong‘in_xavfsizligi

01-11-2021 15:26   604

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining 2021 yil 1 iyundagi 205-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 01 noyabr kuni Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat davlat arxivida hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Podpolkovnik Xamrayev Ilxom Shavkatovich va Yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi Proflaktika inspektori Letinant Lapasov Jasur Xabibullayevichlar bilan hamkorlikda arxiv xodimlari ishtirokida yong‘in xafsizligi bo‘yicha tushuntirish profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV ISHTIXON TUMAN SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

27-10-2021 09:37   598

Joriy yilning 27-oktyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilning II yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Ishtixon tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

"O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligidagi BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi Samarqand shahridagi Samarkand Bukhara Silk Carpets gilam to‘qish fabrikasida bo‘ldi.

26-10-2021 16:42   573

Mehmonlar gilam to‘qish fabrikasinig ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zbekona urf-odatlarga ko‘ra mehmonlarga Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan chopon va do‘ppi kiydirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuning bilan "O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligidagi BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisining Samarqandga tashrifi yakunlandi.

"O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligidagi BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi Samarqand viloyatining Konigil qishlog‘ida joylashgan “Meros” qog‘oz fabrikasida bo‘lishdi.

26-10-2021 11:53   585

"O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligidagi BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi Samarqand viloyatining Konigil qishlog‘ida joylashgan “Meros” qog‘oz fabrikasida bo‘lishib, fabrikada qadimgi Samarqand qog‘ozi tarixi va hozirdi uning ishlab chiqarilishi texnologiyalari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng mehmonlar viloyatdagi tarixiy qadamjolardan biri bo‘lgan Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qilishdi.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

"O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligidagi BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

26-10-2021 10:47   626

Qur'on oyatlari o‘qilib, duolar qilindi.
Shundan so‘ng mehmonlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lishib, markaz faoliyati va vazifalari, yaratilgan sharoitlar, kutubxona fondi va muzey faoliyati bilan tanishtirildi.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi tomonidan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarovga esdalik sovg‘asi topshirildi.

26-10-2021 10:44   583

BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi tomonidan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarovga esdalik sovg‘asi topshirildi.

BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi "O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligida Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi.

26-10-2021 08:13   611

BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla Bin Muxammad Alraisi "O‘zarxiv"agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov hamroxligida Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek , Tilla qori Sherdor madrasalari hamda Go‘ri-Amir tarixiy maqbarasini ziyorat qilishib , viloyatdagi tarixiy obidalar haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 

DABUSIYA, arxeologik yodgorligining umumiy ko‘rinishi.

22-10-2021 15:28   798

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, DABUSIYA arxeologik yodgorligi mavjud. Uni Dabus, Dabusiya qal'asi, Dabus, Dabusqal'a, Dahbusqal'a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bo‘lgan.

Ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.