Xabarlar

ARXIV FAXRIYSI MUNOSIB RAVISHDA TAQDIRLANDI

29-03-2022 13:29   518

"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan  arxiv sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilib, kelayotgan Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivi xodimi Magay Antonina Vasilevnaga  Prezident farmoni bilan ta'sis etilgan  “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni arxivchi xodimlar va  faxriylar oldida tantanali ravishda topshirildi. 

Taqdirlash marosimi davomida arxiv xodimlari va faxriylar o‘rtasida  uch avlod o‘chrashuvi tashkil etildi.

Faxriylarga shahar arxivi binosida bayramona dasturxon yozilib, xalqimizning milliy taomlaridan bo‘lgan sumalak xalisa tarqatildi.
Arxiv faxriylari bir piyola choy ustida ajoyib suhbat qildilar.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 


“Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida Press-tur o‘tkazildi

28-03-2022 16:51   486



JURNALIST VA BLOGYeRLAR DIQQATIGA!

26-03-2022 08:09   471

Joriy yilning 28-mart kuni soat 10:00 da Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan PRYeSS-TUR tashkil etiladi.

Unda arxiv hujjatlari asosida ma’lumot olish tartibi va 2021-yil davomida tizimdagi davlat arxivlar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Tadbirga barchangizni taklif etamiz.
Transport soat 9:00 da viloyat Matbuot uyi oldidan jo‘naydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
tel: +998(93) 345 72 22

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati


Bulung‘ur tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi

25-03-2022 08:51   507

Joriy yilning 25-mart kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Bulung‘ur tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmatii 


HURMATLI YURTDOSHLAR. AZIZ HAMKASBLAR NAVRO'Z BAYRAMI BARCHANGIZGA MUBORAK BO'LSIN!

19-03-2022 10:08   521

Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar Sizlarni va Sizlar orqali barcha oila a’zolaringizni xalqimizning qadimiy bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman.
Sizlarga shodlik, baxt va omad, tinchlik hotirjamlik xonadoningizga fayzu-baraka tilayman.
Vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

Navro‘zu olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov


Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tmoqda!

18-03-2022 10:26   532

O‘quv soatida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi xodimlari ishtirok etishmoqda.

O‘quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz (https://ilm.argos.uz/) platformasi hamda YouTubedagi sahifasi (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ) (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ) orqali ham ko‘rishingiz mumkin.


Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida boshqarma boshlig‘i A.Mamanazarov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o‘tkazildi

11-03-2022 09:42   488

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O‘TKAZDI.

Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yilning I yarmida viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha sayyor qabul jadvaliga muvofiq Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.

Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi va bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.


KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR DAVLAT ARXIVIDA SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIG‘I A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI

09-03-2022 12:05   500

SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV SAYYOR QABULI REJALASHTIRILDI

Joriy yil 11-mart kuni soat 10:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Boshqarma boshligʻi A.Mamanazarov Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini oʻtkazadi.

Manzil: Kattaqoʻrgʻon shahar Ingichka koʻchasi 1 uy
Murojaat uchun tel:+998(94) 289 28 62


#Bilasizmi

24-02-2022 09:49   559

Arxiv hujjatlarini tartibga keltirish «O‘zarxiv» agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Batafsil infografikada


manba: "O‘zarxiv" agentligi 


SAMARQAND VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI BOSHLIGʻI A.MAMANAZAROV QO'SHRABOT TUMAN DAVLAT ARXIVIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI SAYYOR QABULINI O'TKAZADI .

24-02-2022 09:41   509

Joriy yil 25-fevral kuni soat 11:00 da “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq Boshqarma boshligʻi A.Mamanazarov Qo‘shrabot tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini oʻtkazadi.

Manzil: Qo‘shrabot tumani Gʻ.Gʻulom koʻchasi 3-uy.
Murojaat uchun tel:+998(66)220 94 04

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati