SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“Biz ajdodlarimizning boy tarixiga befarq emasmiz”


"14 yanvar Vatan himoyachilari kuni" bayrami hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi  munosabati bilan “Biz ajdodlarimizning boy tarixiga befarq emasmiz” mavzusida Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivida Kattaqo‘rg‘on shahar  11-sonli ixtisoslashgan Temuriylar maktabi o‘quvchilariga foto hujjatlar asosida ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Temuriylar maktabi o‘quvchilariga arxivda saqlanayotgan ajdodlarimizning boy tarixiga oid foto hujjatlar haqida arxiv mutaxassislari tomonidan ma'lumotlar berildi.


Tadbirda ishtirok etgan Temuriylar maktabi jamoasiga Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar davlat arxivi "Tashakkurnomasi" topshirildi.



Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi rasmiy kanali

https://t.me/sam_archive


Oxirgi o‘zgarish: 14/01/2021 08:34;   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/events/biz-ajdodlarimizning-boy-tarixiga-befarq-emasmiz
Chop etilgan vaqti: 18/06/2021 03:13