SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“Baxtimiz, Iqbolimiz shu qomusda mujassam”


Joriy yilning 07 dekabr kuni Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan tizimdagi arxivlar hamda Samarqan viloyat davlat universiteti o‘qituvchisi I.Qurbonboyev ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.A.Mamanazarov ochiq deb elon qildi va tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz Bosh qomusimiz ya'ni “Konstitutsiya nima?” va u bizga nega kerakligini xar-bir arxiv xodimi tushunib yetishi hamda haq-huquqlari va erkinliklarini bilishi va ma'suliyat xissini yanada oshirishi lozimligini takidlab, tarixda shunday kunlar, voqealar bo‘ladiki, ular avlodlar xotirasida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilingan kun biz uchun ana shunday unutilmas sana hisoblanadi. Shu bois, har yili mamlakatimizda 8 dekabr Bosh qomusimiz qabul qilingan kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi deb yig‘ilish qatnashchilarini bayram bilan muborakbod etdi.