SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z
BOSHQARMA XAQIDA
BOSHQARMA XAQIDA
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi 49-son “O`zbekiston Pesprublikasida Arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to`g`risida” gi qaroriga muvofiq Samarqand viloyat hokimligining arxiv bo`limi Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasiga aylantirildi.
Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tarkibiga quyidagi arxiv idoralari kiradi:
Samarqand viloyat davlat arxivlari;
Samarqand viloyatidagi idoralararo xo`jalik hisobidagi shahsiy tarkib hujjatlari arxivlari;
Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Samarqand viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Samarqand viloyatidagi arxiv idoralarida arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta`sirchan nazoratni amalga oshirishni ta`minlash;
Samarqand viloyatiga oid O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta`minlash va ulardan foydalanish;
Samarqand viloyat davlat arxivlari hamda Samarqand viloyatidagi idoralararo xo`jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko`rsatishini ta`minlash;
Samarqand viloyatida arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtitrish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini Samarqand viloyat arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o`rganish va Samarqand viloyat arxiv idoralarida ommalashtirish;
Kiritilgan vaqti: 04/08/2020 21:53;
Ko‘rilganligi: 1802
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/about/boshqarma-xaqida
Chop etilgan vaqti: 23/11/2024 10:26