SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

Sovet Ittifoqi Qahramoni Yo‘ldoshev Fayzulla

Fayzulla Yo‘ldoshev 1912 yil 15 sentyabrida Turkiston shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan.Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy.

Samarqanddagi pedagogika bilim yurtini bitirib, o‘qituvchi va maktab direktori vazifalarida ishladi.

1942 yil iyun oyida Qurolli kuchlar safiga chaqirildi. 1-Ukraina frontining 38-armiyasi tarkibidagi 180-o‘qchi diviziyaga qarashli polkda bo‘linma komandiri bo‘ldi. 1943 yilning 27 sentyabrida katta serjant F.Yo‘ldoshev Novo-Petrov qishlog‘ida (Kiyevning shimolida) desantchilar guruhida Dneprdan kechib o‘tgan. Bir necha marta razvedkada bo‘lib dushman kuchlari to‘g‘risida qimmatli va muhim ma'lumotlar olishga erishgan.

Jang maydonlarida ko‘rsatgan jasurligi yuksak taqdirlanib, unga sobiq SSSR Oliy Soveti Prezidumining 1943 yil 29 oktyabrdagi farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

Urushdan keyingi yillarda Namangan tumanida yashagan va o‘rta maktab direktori vazifasida ishlagan. Lenin birinchi darajali Vatan urushi, Qizil yulduz ordenlari va qator jangovar medallar bilan mukofotlangan.


manba: Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati



Oxirgi o‘zgarish: 28/04/2021 12:24;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/sovet-ittifoqi-qahramoni-yoldoshev-fayzulla
Chop etilgan vaqti: 12/05/2021 07:26