SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

SHAYX XUDOYDODI VALI

SHAYX XUDOYDODI VALI

Ushbu ziyoratgoh Samarqand viloyati Jomboy tumanining G‘azra mahallasida joylashgan bo‘lib mustaqillik yillarida obod maskanlardan biriga aylantirildi.

      Yassaviya tariqatining yirik namoyondasi, mutasavvuf olim va shoir, o‘z zamonasining qutbi Xazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali (asl ismlari Xudoyberdi)  866 xijriy (1461 milodiy) yilda Karmana (xozirgi Navoiy viloyati xududi) yaqinidagi Saranj tog‘ mavzesida tavallud topgan.

     Bu ulug‘ zotning padari buzrukvorlari Hazrati Azizon Ortiq Shayx Xorazmning ilmli, orif kishilaridan bo‘lgan.

     Xazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali ota–onadan erta yetim qoladi. Maktab talimini olgach, Samarqanddagi Javzoniya, Ulug‘bek hamda Buxorodagi Mullo Muhammad madrasalarida tahsil oladi.

     Yassaviy tariqatining mashhur namoyondasi Shayx Jamoliddin Azizon shayx Xudoyberdining ilm va riyozat yulidagi manaviy piri sanaladi. Shayx Jamoliddin Azizon tomonlaridan Xudoyberdiga  “Xudoydod” deb nom beriladi va shundan etiboran u  zot Shayx Xudoydod Vali nomi bilan mashhur bo‘ladi.

     Hazratning tarbiyasida 50 nafardan ortiq muridlar ushbu tariqatning nufuzli vakillari bo‘lib yetishadilar. Shayx Xudoydodi Validan qator risolalar va sheriy manzumalar meros bo‘lib qolgan.

     Hazratning nufuzi o‘sha davr hukumdorlarining nazdida ham baland edi. Shayboniyxon, Jonibek Sulton, Bobur Mirzo, Abu Saidxon, Ubaydulloxon kabi hukmdorlar Shayxni o‘zlariga  pir bilib qimmatli maslaxatlariga amal qilishgan.

     Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali naqshbandiya va kubroviya tariqatlarining yetakchilari Hazrati Mahdumi Azam hamda Mahdumi Horazmiylar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan.

     Shayx Xudoydod Valining ilmiy merosi  25 dan ortiq noyob qulyozmalarda jamlangan va xalkimiz madaniyati –marifatining durdonalari sifatida keng o‘rganilmokda.

     Hazratning qizlari – Bibi Hadiya va Bibi Mahzunalardan avlodlar qolgan.

     Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Vali 939 xijriy  (1532 milodiy) yili muharram (avgust) oyining o‘n ikkinchi kuni vafot etgan.                                   


Oxirgi o‘zgarish: 18/08/2020 07:53;   Ko‘rilganligi: 1242
 
Material manzili: https://samarchive.uz/oz/press/news/shayx-xudoydodi-vali
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 07:52