SAMARQAND VILOYAT ARXIV ISHI
HUDUDIY BOSHQARMASI
w w w . s a m x t b . u z

 

“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar hamda viloyatdagi faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Joriy yilning 30-noyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivchi yoshlar hamda viloyatdagi faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimdagi arxivlarda faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar hamda Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy me'ros xalqaro universiteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan sohaga doir yangiliklar, takliflar, muammolar hususida qiziqarli mazmunda suhbat tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari bilan chiqishdi.
yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ijtimoiy tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etilishi va ularni mazmun jihatdan boyitib borish to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.


Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati 



Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2021 19:39;   Ko‘rilganligi: 126
 
Material manzili: http://samarchive.uz/oz/press/news/ozarxiv-agentligi-direktori-uyusupov-samarqand-viloyati-arxiv-ishi-hududiy-boshqarmasi-tizimidagi-arxivchi-yoshlar-hamda-viloyatdagi-faol-talaba-yoshlar-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 28/05/2022 16:15